Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti va Diplomatik akademiya jamoasi O‘zbekiston diplomatiyasi rivojiga munosib hissa qo‘shgan taniqli diplomat, O‘zbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasi hamda Ozarbayjon Respublikasidagi sobiq Favqulodda va Muxtor Elchisi Abdug‘afur Abdusattorovich Abdurahmonovning vafoti munosabati bilan uning yaqinlari va oila a’zolariga chuqur hamdardlik izhor qiladi.
Abdug‘afur Abdusattorovich uzoq yillar davomida mas’ul diplomatik lavozimlarda samarali faoliyat yuritib, O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan do‘stlik va hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgan inson edi. U Turkiya va Ozarbayjondagi diplomatik faoliyati davomida xalqlarimiz o‘rtasidagi tarixiy, madaniy va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, o‘zaro ishonch va hamkorlik muhitini yanada mustahkamlash yo‘lida samarali xizmat qilgan. Diplomatik xizmat sohasidagi fidokorona mehnati va munosib xizmatlari uchun “Diplomatik xizmat fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
Abdug‘afur Abdusattorovichning yuksak insoniy fazilatlari, kamtarligi, ziyoliligi va Vatanga sadoqati ko‘pchilik uchun ibrat bo‘lib qoladi.
Oxiratlari obod bo‘lsin!