• Maxsus imkoniyatlar

    Ko'rinish:

    Shrift hajmi:

  • Mobil versiya
  • Sayt xaritasi
SHU YERDA QIDIRISH SO'ZINI YOZING

good future

good future

KO‘PROQ

тест

тест

KO‘PROQ

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatik Akademiyaning faoliyati haqida

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi
Diplomatik akademiyaning faoliyati haqida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-iyuldagi “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tizimli isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–330-sonli qaroriga asosan 2022-yil sentabr oyidan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) huzurida Diplomatik akademiya oʻz faoliyatini boshladi.

 

Davlat rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib, nisbatan qisqa vaqt ichida Diplomatik akademiyaning tashkiliy-meʼyoriy hujjatlari ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Jumladan, Dipakademiya shtat jadvali, oʻquv rejalari va oʻquv dasturlari, tinglovchilar tayyorgarligini baholash tizimi qabul qilindi, Ilmiy kengash tarkibi shakllantirildi.

 

Hozirgi kunda Diplomatik akademiya xodimlari shtati (2022-y. shtat jadvali boʻyicha) 90 foizga yetkazildi. Xodimlar va Dipakademiya oʻrtasida mehnat shartnomalari tuzildi. Boʻlimlar nizomlari ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Dipakademiyaning rasmiy veb-sayti ishga tushirilgan.

 

2022-yil 1-noyabr kuni Diplomatik akademiyaning ochilish marosimida davlat idoralari vakillari, Oʻzbekistonda akkreditatsiyadan oʻtgan qator xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari rahbarlari ishtirok etdilar.

 

Zahiradagi diplomatlarni tizimli tayyorlash boʻyicha Dipakademiyaning “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyati” mavzusidagi birinchi oʻquv kursiga Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Mudofaa vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi vakillaridan iborat 26 nafar tinglovchi qabul qilindi.

 

2022-yil 19-noyabrdan 17-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi xodimlari uchun “Diplomatik protokol va xalqaro muzokaralar” mavzusida maxsus oʻquv kursi tashkil etildi.

 

Dipakademiya oʻquv jarayoniga xalqaro munosabatlar sohasida chuqur nazariy bilim va katta amaliy tajribaga ega milliy va xorijiy mutaxassislar jalb etildi.

 

2022-yil 27-dekabr kuni yuqorida koʻrsatilgan kursni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga Diplomatik akademiya sertifikatlari topshirildi.

KO‘PROQ

DIPLOMATIK AKADEMIYA TINGLOVCHILARI UCHUN QISQA VA UZOQ MUDDATLI DASTURLAR

programmes

Zaxiradagi diplomatlarni tizimli tayyorlash uchun "O‘zbekiston Respublikаsi tаshqi siyosiy vа tаshqi iqtisodiy fаoliyati" kursi, bir yillik ta'lim shakli: o'qish davri oktabr-iyun

KO‘PROQ
programmes

Tashqi ishlar vazirligi tizimidagi diplomat hodimlar safidan chet elga uzoq muddatli xizmat safariga ketuvchilar uchun "Oʻzbekiston Respublikasi tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyati asoslari" kursi

KO‘PROQ
programmes

Tayinlangan elchilarni tizimli va intensiv tayorlash uchun "Oʻzbekiston Respublikasi tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyati asoslari" kursi

KO‘PROQ

Magistratura

Tegishli qoida asosida “Magistraturaning tor mutaxassisliklari boʻyicha kamida uch yillik ish stajiga ega boʻlgan xodimlarni tayyorlashni tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarorda magistraturaning quyidagi ixtisoslashtirilgan yoʻnalishlarini tashkil etish koʻzda tutiladi:

 

  • "Diplomatik va konsullik xizmati"
  • "Iqtisodiy diplomatiya"

 

 

Unda magistraturada bir yillik o‘qish shakli va tasdiqlangan diplom berish ko‘zda tutiladi.

 

 

Yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari bilan magistratura va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish” mavzusida quyidagi masalalarni hal etish ko‘zda tutiladi:

 

 

  • Xorijiy davlatlardagi yetakchi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari bilan qo‘shma magistraturani tashkil etish yuzasidan muzokaralar olib borish va tegishli shartnomalarni imzolash.
  • Xorijiy davlatlardagi yetakchi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari bilan oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning qo‘shma tizimini, shu jumladan doktorantura va dissertatsiyalar himoyasi bo‘yicha tegishli ixtisoslashtirilgan kengash (f.f.n. va fanlar doktori) tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borishni ishlab chiqish hamda tegishli shartnomalarni imzolash.
  • Magistraturada darslar (ma'ruzalar, treninglar, seminarlar) o'tkazish uchun yetakchi xorijiy ekspert/mutaxassislarni taklif qilish yuzasidan tashkiliy ishlarni olib borish.

KO‘PROQ

Barcha dasturlar

03.Реализация совместных образовательных программ магистратуры и послевузовского образования

По теме "Реализация совместных образовательных программ магистратуры и послевузовского образования” с ведущими зарубежными образовательными учреждениями предусматривается решение следующих вопросов:

 

  • Вести переговоры с ведущими специализированными образовательными учреждениями зарубежных стран о создании совместной магистратуры и подписывать соответствующие соглашения.
  • Создание совместной системы послевузовского образования с ведущими специализированными учебными заведениями зарубежных стран, в том числе соответствующим специализированным советом по защите докторских и кандидатских диссертаций (PhD, кандидат философских наук и доктор наук), а также подписание соответствующих соглашений.
  • Проведение организационной работы по приглашению ведущих зарубежных экспертов/специалистов для проведения занятий (лекций, тренингов, семинаров) в магистратуре.

Nima uchun akademiyani tanlash kerak

news

publications

10.11.2026

363

Diplomatik akademiyada ikki yangi nashr taqdimoti bo‘lib o‘tdi

2026-yil 6-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini nishonlash doirasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatik akademiyada «Diplomatik izohli lug‘at» hamda «Diplomatiya qadimgi davrlardan hozirgi kungacha» nomli nashrlarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda davlat va jamoat arboblari, diplomatiya sohasi vakillari, yetakchi olimlar, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar hamda universitet jamoasi ishtirok etdi.

Tadbirni Diplomatik akademiya direktori, siyosiy fanlar doktori, professor A.Xaydarov kirish so‘zi bilan ochib, mazkur nashrlarning milliy diplomatiya maktabini rivojlantirish, diplomatik ta’limning ilmiy-uslubiy asoslarini mustahkamlash va sohaviy ilmiy adabiyotlar bazasini boyitishdagi ahamiyatini ta’kidladi.

Taqdimot davomida «Diplomatik izohli lug‘at»ning yaratilish maqsadi, ilmiy-amaliy ahamiyati hamda o‘zbek tilidagi diplomatik terminologiyani tizimlashtirishdagi o‘rni yoritildi. Nashr diplomatiya va xalqaro munosabatlar sohasiga oid tushunchalarni o‘zbek tilida izchil va aniq ifodalash, milliy diplomatik terminologiyani rivojlantirish hamda ta’lim va ilmiy tadqiqotlar uchun yagona terminologik asosni shakllantirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, A.Xaydarov va JIDU professori, iqtisodiyot fanlari doktori I.Mavlanov hammuallifligidagi «Diplomatiya qadimgi davrlardan hozirgi kungacha» o‘quv qo‘llanmasining mazmuni va asosiy yo‘nalishlari taqdim etildi. Unda diplomatiyaning tarixiy taraqqiyoti, nazariy-huquqiy asoslari, O‘zbekiston diplomatiyasining shakllanishi va rivojlanishi, shuningdek, zamonaviy diplomatiyaning ommaviy, madaniy, raqamli va iqtisodiy kabi yo‘nalishlari yoritilgan.

Ta’kidlanganidek, mazkur nashrlar O‘zbekiston mustaqilligi yillarida diplomatiya sohasida to‘plangan bilim va tajribani tizimlashtirishga qaratilgan bo‘lib, mazmuni va qamrovi jihatidan Markaziy Osiyoda ushbu yo‘nalishdagi dastlabki ixtisoslashgan ilmiy nashrlar qatoridan o‘rin oladi. Shu bilan birga, ular o‘zbek tilining xalqaro munosabatlar va diplomatik muloqotdagi ilmiy-amaliy imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Muhokamalarda Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori S.Safoyev hamda xalqaro munosabatlar, diplomatiya va gumanitar fanlar sohasidagi yetakchi olim va mutaxassislar ishtirok etdilar. So‘zga chiqqanlar nashrlarning ilmiy va amaliy qiymati, diplomatik kadrlar tayyorlash tizimidagi o‘rni hamda ulardan ta’lim va ilmiy-tadqiqot jarayonlarida foydalanish istiqbollariga alohida e’tibor qaratdilar.

Tadbir yakunida mazkur nashrlarning diplomatik ta’lim sifatini oshirish, milliy diplomatik terminologiyani rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot salohiyatini mustahkamlash va O‘zbekistonning ilmiy-diplomatik merosini boyitishdagi ahamiyati qayd etildi.

Taqdimot JIDU rektori S.Safoyevning yakuniy so‘zi bilan nihoyasiga yetdi.

news

publications

08.11.2026

399

Konrad Adenauer nomidagi jamg‘armaning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy dasturi rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 2-noyabr kuni Konrad Adenauer nomidagi jamg‘armaning (Germaniya) Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy dasturi rahbari Andre Algermissen bilan Diplomatik akademiya Xalqaro muammolarning amaliy tahlili kafedrasi mudiri, professor R. Alimovning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida Jamg‘armaning mintaqadagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, shuningdek, 2017-yildan buyon O‘zbekiston va umuman Markaziy Osiyo mamlakatlarida ro‘y berayotgan keng ko‘lamli siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni inobatga olgan holda uning ustuvor vazifalari transformatsiyasi muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda Jamg‘arma faoliyati mintaqaviy integratsiyani rivojlantirish, amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar yetakchiligi salohiyatini yuksaltirish hamda mintaqaviy xavfsizlikning dolzarb masalalari bo‘yicha ekspert muloqotini mustahkamlashga qaratilgan. Shuningdek, Jamg‘armaning mintaqaning yetakchi tahliliy markazlari bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan xalqaro tashabbuslari, jumladan, Afg‘oniston bo‘yicha Termiz muloqoti, Germaniya va Markaziy Osiyo tahliliy markazlari forumi hamda Farg‘ona tinchlik muloqotining ahamiyati alohida qayd etildi.

Uchrashuvda, shuningdek, Jamg‘arma va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatiya akademiyasi hamda Xalqaro istiqbolli tadqiqotlar instituti o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar ilmiy-tadqiqot va ekspert-tahliliy sohalarda tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma xalqaro tadbirlarni tashkil etish, akademik almashinuvlarni kengaytirish, shuningdek, xalqaro munosabatlar, mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikning dolzarb masalalarini muhokama qilishga yetakchi xorijiy olimlar va mutaxassislarni jalb etishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar. Ilmiy va ekspert muloqotini chuqurlashtirish, qo‘shma tadqiqot tashabbuslarini amalga oshirish hamda xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi barqaror platformani shakllantirish muhimligi ta’kidlandi.

 

Bizning hamkorlarimiz