• Maxsus imkoniyatlar

    Ko'rinish:

    Shrift hajmi:

  • Mobil versiya
  • Sayt xaritasi
SHU YERDA QIDIRISH SO'ZINI YOZING

Yangiliklar

news

publications

16.11.2024

2521

JIDU qoshidagi Diplomatik Akademiyasida Estoniya Diplomatiya Maktabi vakillari bilan uchrashdi

2024-yilning 12-15 noyabr kunlari O‘zbekistonda, dastlabki kelishuvga muvofiq, YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ofisi ko‘magida direktor E.Nomm boshchiligidagi Estoniya Diplomatiya maktabi (EDM) delegatsiyasi respublikaga tashrif buyurdi.

 

Uchrashuv va suhbatlarda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi JIDU huzuridagi Diplomatik akademiya hamda Yevropada diplomatlar tayyorlash bo‘yicha yetakchi markazlardan biri bo‘lgan va ayni paytda 35 ta xorijiy davlat vakillari malaka oshirayotgan Estoniya Diplomatiya maktabi o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik doirasida tomonlar o‘z faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha tajriba almashish, Yevropa Ittifoqi, Markaziy Osiyo, Afg‘onistondagi vaziyatni  chuqur o’rganish va tomonlar uchun o‘zaro manfaatli bo‘lgan boshqa masalalar bo‘yicha ma’ruzalar, seminarlar, davra suhbatlari tashkil etish va uchrashuvlar o‘tkazishga kelishib olindi.

 

Mehmonlar tez orada Yevropa diplomatiyasi rahbari lavozimini egallashi kutilayotgan Estoniyaning sobiq bosh vaziri K.Kallas bilan aloqalarga to‘xtalar ekan, mavjud siyosiy ko‘mak va tomonlarning hamkorlikka keng e’tibor qaratishi tufayli O‘zbekiston bilan hamkorlik ufqlarini kengaytirish” imkoniyatiga erisha olishga umid bildirdilar.

 

Shu bilan birga, estoniyalik diplomatlar Estoniyaning amaldagi prezidenti, 2007-2012 yillarda Tartu universiteti rektori sifatida faoliyat olib borgan Alar Karisni JIDUda ma’ruza o‘qishga taklif qilish imkoniyatini ko‘rib chiqish haqida tashabbus bildirishdi. Estoniya prezidentining O‘zbekistonga tashrifi 2025-yilga rejalashtirilgan bo‘lib, estoniyalik diplomatlarning O‘zbekistonga tashrifi yakunlanganidan so‘ng Estoniya TIV bilan ushbu masala ustida ishlashlari va O‘zbekiston tomonining mazkur taklifni qo‘llab-quvvatlashiga umid qilishlarini bildirishdi.

 

Suhbatlar yakunida JIDU huzuridagi Diplomatik akademiya va Estoniya Diplomatiya maktabi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi, uning matni Estoniya delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida kelishib olingan edi.

 

Respublikamizga uch kunlik safar mobaynida estoniyalik diplomatlar Estoniya tashqi siyosati, Yevropa Ittifoqi tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari shuningdek, “Tashqi siyosat tahlili: diplomatlar va tahlilchilar uchun amaliy uslublar mavzusida mahorat darslarini o‘qitishdi, shuningdek,

Tadbirda ishtirok etgan YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori A.Karttunen 2025-yilda YeXHT mablag‘lari hisobidan tomonlar o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga yordam beruvchi Diplomatik akademiya vakillarining YeXHTga javob tashrifini tashkil etish masalasi ustida ishlashga tayyorligini ta’kidladi.

Umuman olganda, EDM delegatsiyasining tashrifi konstruktiv ruhda o‘tdi va har ikki tomon manfaatlariga javob beradigan hamkorlikni rivojlantirishga qaratildi.

news

publications

13.11.2024

2452

Dehli shahrida O'zbekiston–Hindiston serqirra hamkorligining bugungi holati va istiqbollariga bag'ishlangan kitob taqdim qilindi

2024 yil 12 noyabr kuni Dehli shahrida O'zbekiston-Hindiston serqirra hamkorligining bugungi holati va istiqbollariga bag'ishlangan "Janubiy va Markaziy Osiyo o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni rivojlantirishda O'zbekiston va Hindiston istiqbollari" nomli kitob taqdim qilindi.

 

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatik akademiya (JIDU) va "Hindiston – Markaziy Osiyo" jamg'armasi hamkorligida nashrga tayyorlangan yangi to'plamdan ikki mamlakat ilmiy tadqiqotchilari va ekspertlarining O'zbekiston–Hindiston strategik aloqalarining dolzarb mavzulariga bag'ishlangan ilmiy maqolalari joy olgan.

 

Mamlakatimiz elchisi Sardor Rustamboyev so'nggi yillarda davlatlar o'rtasidagi tarixiy, madaniy-gumanitar va savdo-iqtisodiy aloqalar izchil rivoj topib, sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarilganini ta'kidladi.

 

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi o'rtasidagi samimiy va do'stona munosabatlar, ularning o'zaro tashriflari va turli xalqaro tadbirlardagi sermahsul muloqotlari ikki tomonlama aloqalarni yana-da faollashtirish uchun yangi istiqbollar ochayotgani qayd etildi.

 

Yangi chop etilgan ilmiy maqolalar to'plami o'zaro hamkorlik rivojiga munosib hissa bo'lib qo'shilganiga ishonch bildirildi.

 

Hindiston ilmiy-akademik doiralari vakillari anjumanda so'zga chiqib, O'zbekistonda so'nggi yillarda hayotga tadbiq etilayotgan keng ko'lamli islohotlar natijalarini yuksak baholadi. Ushbu ijobiy o'zgarishlar jarayoni va Toshkent tomonidan ilgari surilayotgan amaliy xalqaro tashabbuslar Markaziy va Janubiy Osiyo o'zaro bog'liqligini mustahkamlash, hamkorlikda yangi samarali loyihalar amalga oshirish uchun qulay imkoniyatlar yaratayotgani urg'ulandi.

 

 

 

– Kitobning o'zbek va rus tillaridagi nusxalari Toshkentda oktyabr oyida nashrdan chiqarilgan va taqdim qilingan edi, – dedi "Hindiston – Markaziy Osiyo" jamg'armasi direktori, professor Ramakant Dvivedi. – Bugungi tadbirimizda Hindiston ilmiy-akademik doiralari va diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi. O'zbekiston bilan hamkorlikda uch tilda maqolalar to'plamini nashrga tayyorlaganimizdan mamnunmiz va ushbu kitob o'zaro munosabatlarga bag'ishlangan adabiyotlar ro'yxatini boyitishiga umid qilamiz.

 

– Kitob ikki tomonlama aloqalarning ijtimoiy-siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy va boshqa yo'nalishlarini qamrab olgan, – deydi JIDU huzuridagi Diplomatik akademiya direktori Abdusamad Xaydarov. – Yangi nashr nafaqat O'zbekiston va Hindiston, balki Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari olimlari va tadqiqotchilarida ham katta qiziqish uyg'otadi deb ishonamiz.

 

Taqdimot marosimi doirasida O'zbekiston-Hindiston hamkorligining turli dolzarb mavzulariga bag'ishlangan ilmiy ma'ruzalar tinglandi.

news

publications

11.11.2024

2452

Nyu-Dehli shahrida boʻlib oʻtgan “Hindistonning Markaziy, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo bilan munosabatlari: Tahdidlar va imkoniyatlar” xalqaro konferensiyasi ishtirok etganlik toʻgʻrisida

2024-yil 8-noyabr kuni Nyu-Dehli shahrida “MERI Group Institutions” tashkiloti tomonidan tashkil etilgan “Hindistonning Markaziy, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo bilan aloqalari: Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Anjumanda “Hindiston – Markaziy Osiyo” jamg‘armasi rahbariyati, Hindiston tashqi ishlar vazirining sobiq o‘rinbosarlari,  Markaziy Osiyo davlatlarining Hindistonda akkreditatsiyadan o‘tgan elchilari, shuningdek, Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlarining aqliy markazlari vakillari ishtirok etdi.

 

Konferensiyaning birinchi qismida erishilgan kelishuvga muvofiq, Diplomatik akademiya “Hindiston – Markaziy Osiyo” jamgʻarmasi bilan hamkorlikda “Janubiy va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni rivojlantirishda Oʻzbekiston-Hindiston istiqbollari” kitobining taqdimotini oʻtkazdi. Kitob JIDU huzuridagi Diplomatik akademiyasi tashabbusi bilan Hindiston-Markaziy Osiyo jamg‘armasi bilan hamkorlikda tayyorlandi.

 

Kitob taqdimoti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2021-yilda Toshkentda boʻlib oʻtgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy oʻzaro bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” nomli xalqaro konferensiyada ilgari surilgan Markaziy va Janubiy Osiyo oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisidagi tashabbuslar doirasida tashkil etildi.

 

Kitob O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatik akademiya tomonidan o‘zbek va rus tillarida nashr etildi. Kitobning ingliz tilidagi nusxasi Hindiston – Markaziy Osiyo fondi tomonidan Nyu-Dehlida nashr etilgan. Mazkur qo‘shma nashrga so‘zboshi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori S.Safoyev va Hindiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari, Hindistonning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Gitesh Sharma tomonidan yozilgan.

 

O‘zbek va hind olimlarining mazkur qo‘shma nashri O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modining ikki tomonlama va mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha fundamental yondashuvini o‘zida aks ettiradi va hozirgi davrda tobora dolzarb bo‘lib borayotgan tarix, siyosat, iqtisodiyot, sarmoya, xavfsizlik va madaniyat sohalarini qamrab oladi. Shubhasiz, ushbu kitobning nashr etilishi jadal o‘zgarib borayotgan dunyoda mazkur tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

 

Anjumanning ikkinchi qismida iqtisodiy aloqalar, hamkorlikni mustahkamlashda yumshoq kuchning o‘rni, siyosiy munosabatlar va mintaqaviy geosiyosat, shuningdek, Hindiston, Markaziy Osiyo va Janubi-Sharqiy Osiyo o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning istiqboldagi imkoniyatlari muhokama qilindi.

 

Konferensiya ishtirokchilari, jumladan, Hindistonning O‘zbekistondagi sobiq elchilari Ashok Sharma, Gitesh Sharma, shuningdek, Hindiston va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlaridagi aqliy markazlar vakillari ushbu mintaqalar mamlakatlari manfaatlariga mutanosib mintaqalararo hamkorlikni yanada rivojlantirish zarurligi yuzasidan umumiy qarashlarni aks ettirdilar.

news

publications

07.11.2024

2554

Ўзбекистон Президенти Туркий давлатлар ташкилоти доирасидаги кўп қиррали ҳамкорликни янада мустаҳкамлашга чақирди

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 6 ноябрь куни Бишкек шаҳрида Туркий давлатлар ташкилоти Давлат раҳбарлари кенгашининг навбатдаги мажлисида иштирок этди.

Қирғиз Республикаси Президенти Садир Жапаров раислигида ўтган тадбирда Озарбайжон Республикаси Президенти Илҳом Алиев, Қозоғистон Республикаси Президенти Қасим-Жомарт Тоқаев, Туркия Республикаси Президенти Режеп Таййип Эрдоған, Венгрия Бош вазири Виктор Орбан ва Туркий давлатлар ташкилоти бош котиби Кубаничбек Омуралиев ҳам қатнашди.

Кун тартибига мувофиқ, ташкилот доирасидаги кўп қиррали ҳамкорликнинг ҳолати ва истиқболлари юзасидан фикр алмашилди, амалий шерикликнинг долзарб масалалари муҳокама қилинди.

Давлатимиз раҳбари ўз нутқида Остона ва Шуша шаҳарларидаги учрашувлардан кейинги вақт мобайнида глобал геосиёсий жараёнлар тобора мураккаб тус олганини алоҳида таъкидлади. Етакчи давлатлар ўртасидаги рақобат ва ишончсизлик муҳити кескин кучаймоқда, зиддият ва уруш ўчоқлари кўпайиб, турли хавф-хатарлар янада ортмоқда.

Бу муаммолар савдо, инвестиция, транспорт, энергетика, қишлоқ хўжалиги ва бошқа соҳалардаги қўшма режа ва катта лойиҳаларга жиддий тўсиқ бўлмоқда

Шу маънода, сиёсат ва хавфсизлик масалаларида мулоқотларни тизимли давом эттириш, ташкилотга аъзо мамлакатларнинг умумий манфаатларидан келиб чиқиб, халқаро муаммолар бўйича якдил ва аниқ позицияни фаол илгари суриш мақсадга мувофиқлиги таъкидланди.

Бу ўринда гап, энг аввало, Яқин Шарқда давом этаётган адолатсиз уруш ва кузатилаётган икки ёқлама стандартлар ҳақида бормоқда. Ғазо сектори ва Ливандаги мисли кўрилмаган гуманитар фожиа, тинч аҳолига қарши вайронкор ҳужумлар, айниқса, бегуноҳ болалар, кексалар ва аёллар қурбон бўлаётгани алоҳида қайд этилди. Шу муносабат билан Бирлашган Миллатлар Ташкилотининг Фаластин қочоқларига ёрдам бериш бўйича махсус агентлиги фаолиятини чеклашга қаратилган ҳаракатлар қораланди.

Мазкур кўп йиллик низонинг ягона ечими – халқаро меъёрий ҳужжатлар ва резолюцияларга мувофиқ 1967 йилдаги чегаралар асосида, пойтахти Шарқий Қуддус бўлган мустақил Фаластин давлатини тузиш экани таъкидланди.

Кейинги ҳафта Ар-Риёд шаҳрида ўтадиган араб-мусулмон давлатлари саммитида бу муаммога конструктив сиёсий ечим топилишига умид билдирилди.

Афғонистондаги вазиятга алоҳида эътибор қаратилди. Бу борада вазирлар ва экспертлар даражасидаги мунтазам мулоқот механизмини йўлга қўйиш муҳимлиги қайд этилди.

Афғонистондаги ўткир муаммоларни ҳал этишда амалдаги ҳукуматга ёрдам кўрсатиш, бу давлатни минтақавий иқтисодий жараёнларга кенг жалб этиш, ижтимоий ва инфратузилма лойиҳаларини рўёбга чиқариш масалалари албатта кўриб чиқилиши лозимлиги кўрсатиб ўтилди.

Тарихий ҳужжат – Туркий дунё хартиясининг қабул қилиниши қардош давлатлар ва халқларимиз ўртасида кучайиб бораётган кўп қиррали ҳамкорликнинг ёрқин ифодаси экани алоҳида таъкидланди.

Саммит кун тартибидан келиб чиқиб, Ўзбекистон етакчиси бир қатор устувор масалаларга тўхталиб ўтди.

Аввало, давлатимиз раҳбари ташкилотнинг шартномавий-ҳуқуқий базасини кенгайтириш ва мустаҳкамлаш муҳимлигини таъкидлади. Шу маънода, Туркий давлатларнинг стратегик шериклик, абадий дўстлик ва қардошлик тўғрисидаги шартномани қабул қилиш таклиф этилди.

Шунингдек, ташкилот доирасида янги иқтисодий имкониятлар маконини яратиш мақсадида тариф ва нотариф тўсиқларни бартараф этиш, савдо-божхона тартиб-қоидаларини енгиллаштириш, электрон тижорат платформаларини ривожлантириш бўйича аниқ битим ва келишувларни ишлаб чиқиш ташаббуси илгари сурилди.

Шу муносабат билан савдо соҳасидаги салоҳиятни кенгайтиришга қаратилган чуқур тадқиқотлар олиб бориш учун яқин истиқболда Тошкентда етакчи таҳлил марказларининг анжуманини ўтказиш таклиф қилинди.

Келгуси йил учун иқтисодий форум, савдо ва саноат кўргазмалари, минтақа ва вилоятларнинг ўзаро ташриф режаларини, давлат харидларида иштирок этиш, кооперация ва локализация қўшма дастурини қабул қилиш кераклиги таъкидланди.

Жаҳон молия бозорида капиталга бўлган талаб ва унинг қиймати ортиб бормоқда, ривожланаётган давлатларга узоқ муддатли ва "яшил" кредитлар ажратиш шартлари мураккаблашмоқда.

Шу нуқтаи назардан, молиявий инструментларни жорий этиш, Туркий инвестиция фонди фаолиятини фаоллаштириш ва Туркий тараққиёт банкини ташкил этиш зарурлиги таъкидланди.

Шунингдек, минтақавий аҳамиятга молик лойиҳаларга халқаро молия институтлари ва хорижий инвестиция компанияларини жалб қилиш муҳимлиги таъкидланди. Шу муносабат билан Туркий инвестиция форумини ташкил этиш ва унинг биринчи йиғилишини Ўзбекистонда ўтказиш таклиф қилинди.

Транспорт йўлакларидан самарали фойдаланиш, Ўрта йўлак бўйича транзит тарифларини мақбуллаштириш, чегараларни кесиб ўтиш жараёнларини соддалаштириш, замонавий логистика тизимлари ва қўшма операторларни яратиш яна бир устувор масала сифатида белгиланди.

Ташкилот доирасида ташишларда электрон ҳужжат айланишига ўтиш ва уларни ўзаро тан олиш бўйича кўп томонлама битимни имзолаш ташаббуси илгари сурилди.

Ушбу масалаларни бизнес вакиллари иштирокида батафсил муҳокама қилиш мақсадида Туркий давлатлар логистика марказлари ва юк ташувчилар альянси билан ҳамкорликда Халқаро логистика конференциясини ўтказиш долзарблиги қайд этилди.

Бу галги саммит мавзусини қўллаб-қувватлаш мақсадида келажак иқтисодиётини кенг жорий этиш, шунингдек, ахборот технологиялари соҳасида илғор тажриба ва ютуқларни алмашиш, инновациялар, инфратузилма ва илм-фаннинг рақамли тизимларини, йирик маълумотлар марказларини яратишга қаратилган "Рақамли туркий дунё" концепциясини ишлаб чиқиш таклиф этилди.

Ўзбекистон етакчиси Озарбайжон Президенти Илҳом Алиевни келгуси ҳафтада Боку шаҳрида COP-29 Глобал саммити иш бошлаши билан самимий қутлаб, иқлим ўзгариши билан боғлиқ ўткир экологик муаммоларга ечим топиш учун вазирлар даражасида Туркий экология кенгашини тез фурсатда ташкил этиш зарурлигини таъкидлади ҳамда унинг биринчи учрашувини келгуси йилда Ўзбекистонда ўтказишга тайёрлигини тасдиқлади.

Қардош халқларимизни янада яқинлаштириш, ёшларни аждодларимизга муносиб руҳда тарбиялаш мақсадида ташкилотга аъзо мамлакатлар тилларида туркий халқлар оғзаки ижодининг кўп жилдлик тўпламини нашр этиш, биргаликда фундаментал тадқиқотлар олиб бориш, мактабларда туркий халқлар ва уларнинг тарихи, этнографияси, маданияти ва санъати бўйича факультатив дарсларни йўлга қўйиш муҳимлиги таъкидланди.

Шу маънода, Ўзбекистон Туркий маданият ва мерос жамғармасининг тўлақонли аъзоси бўлишга тайёрлиги билдирилди.

Сўзининг якунида Ўзбекистон Президенти Венгрия Бош вазири Виктор Орбанни Туркий дунёнинг олий орденига сазовор бўлгани билан самимий табриклади.

Саммит якунида Бишкек декларацияси, мамлакатимиз ташаббуси билан ишлаб чиқилган Туркий дунё хартияси, шунингдек, ҳамкорликнинг устувор йўналишлари бўйича қатор келишувлар қабул қилинди.

news

publications

27.10.2024

2946

Дипломатик академия ходимлари "Халқаро ҳамкорлик ташаббуслари ҳафталиги" доирасида ўтказилган тадбирда қатнашти

Жорий йилнинг 25 октябрида Тошкентда “Ренессанс холл” конференц залида “Халқаро ҳамкорлик ташаббуслари ҳафталиги” доирасида ўтказилаётган навбатдаги тадбир бўлиб ўтди. Анжуман “Ўзбекистон ташқи сиёсати: тинчлик, очиқлик ва тараққиёт йўлида”  мавзусига бағишланиб, унда Ўзбекистон Республикаси Олий мажлиси Сенати раиси биринчи ўринбосари С.Сафоев, Ўзбекистон Республикаси Ташқи ишлар вазири биринчи ўринбосари Б.Аълоев, Марказий Осиё халқаро институти директори Ж.Ваҳобов, Стратегик ва минтақалараро тадқиқотлар институти директори ўринбосари Б. Мустафоев ва Ўзбекистон Республикаси Президентининг Афғонистон бўйича махсус вакили И.Иргашев Янги Ўзбекистоннинг ташқи сиёсат соҳасида олиб борётган долзарб масалалари юзасидан қизиқарли чиқишлар қилдилар. Йиғилишга Сальма Абдулазиз модераторлик қилди.

 

Тадбирда Ташқи ишлар вазирлиги масъул ходимлари, ЖИДУ ва унинг ҳузуридаги Дипломатия академия профессор-ўқитувчилари  ва бошқа турли ташкилотлар вакиллари, халқаро муносабатлар йўналишида таҳсил олаётган талабалар иштирок этди.

 

Тадбир жуда мароқли ва кўтаринки руҳда ўтди.