• Maxsus imkoniyatlar

    Ko'rinish:

    Shrift hajmi:

  • Mobil versiya
  • Sayt xaritasi
SHU YERDA QIDIRISH SO'ZINI YOZING

Konrad Adenauer nomidagi jamg‘armaning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy dasturi rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Konrad Adenauer nomidagi jamg‘armaning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy dasturi rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

news

Joriy yilning 2-noyabr kuni Konrad Adenauer nomidagi jamg‘armaning (Germaniya) Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy dasturi rahbari Andre Algermissen bilan Diplomatik akademiya Xalqaro muammolarning amaliy tahlili kafedrasi mudiri, professor R. Alimovning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida Jamg‘armaning mintaqadagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, shuningdek, 2017-yildan buyon O‘zbekiston va umuman Markaziy Osiyo mamlakatlarida ro‘y berayotgan keng ko‘lamli siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni inobatga olgan holda uning ustuvor vazifalari transformatsiyasi muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda Jamg‘arma faoliyati mintaqaviy integratsiyani rivojlantirish, amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar yetakchiligi salohiyatini yuksaltirish hamda mintaqaviy xavfsizlikning dolzarb masalalari bo‘yicha ekspert muloqotini mustahkamlashga qaratilgan. Shuningdek, Jamg‘armaning mintaqaning yetakchi tahliliy markazlari bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan xalqaro tashabbuslari, jumladan, Afg‘oniston bo‘yicha Termiz muloqoti, Germaniya va Markaziy Osiyo tahliliy markazlari forumi hamda Farg‘ona tinchlik muloqotining ahamiyati alohida qayd etildi.

Uchrashuvda, shuningdek, Jamg‘arma va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatiya akademiyasi hamda Xalqaro istiqbolli tadqiqotlar instituti o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar ilmiy-tadqiqot va ekspert-tahliliy sohalarda tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma xalqaro tadbirlarni tashkil etish, akademik almashinuvlarni kengaytirish, shuningdek, xalqaro munosabatlar, mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikning dolzarb masalalarini muhokama qilishga yetakchi xorijiy olimlar va mutaxassislarni jalb etishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar. Ilmiy va ekspert muloqotini chuqurlashtirish, qo‘shma tadqiqot tashabbuslarini amalga oshirish hamda xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi barqaror platformani shakllantirish muhimligi ta’kidlandi.