• Maxsus imkoniyatlar

    Ko'rinish:

    Shrift hajmi:

  • Mobil versiya
  • Sayt xaritasi
SHU YERDA QIDIRISH SO'ZINI YOZING

2024-yil 27-oktabrda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovga bag‘ishlangan xalqaro davra suhbati to‘g‘risida

2024-yil 27-oktabrda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovga bag‘ishlangan xalqaro davra suhbati to‘g‘risida

news

2024-yil 11-oktabrda 2024-yil 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlarga bag‘ishlangan xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbati Rossiyaning Yevropa-Osiyo tadqiqotlari markazi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Diplomatik akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasining Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulligi,  O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Tashqisiyosiy tadqiqotlar va tashabbuslar markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti tomonidan tashkil etildi.

 

Unda saylov qonunchiligiga kiritilgan, O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik tizimining ochiqligi va demokratikligidan dalolat beruvchi o‘zgartish va qo‘shimchalarga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, bo‘lajak saylovlarda Qonunchilik palatasiga 150 nafar, Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesiga 65 nafar deputat, shuningdek, xalq deputatlari viloyat, Toshkent va 208 nafar tuman (shahar) deputatlari saylanishi ham qayd etildi. Shunday qilib, saylov jarayonida 30 mingga yaqin nomzod va ularning 90 mingga yaqin ishonchli vakili faol ishtirok etishi, shuningdek, 120 mingdan ortiq saylov komissiyalarining aʼzolari tashkilotchi sifatida va 70 mingdan ortiq mahalliy va xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilar qatnashishi kutilmoqda. Saylov birinchi marta majoritar-proporsional (aralash) tizim asosida, saylov okruglari bir mandatli va yagona saylov okruglariga bo‘lingan holda o‘tkaziladi.

 

Davra suhbati ishtirokchilarining ta’kidlashicha, bo’lib o’tayotgan saylov kampaniyasi va saylov natijalari mamlakatimizda demokratik davlatchilikning muhim ko‘rsatkichlaridan biriga aylanadi, fuqarolarning saylash va saylanish bo‘yicha konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarish, davlat organlarini milliy qonunchilik va xalqaro saylov standartlariga to‘liq muvofiq demokratik tarzda shakllantirishda ishtirok etishi muhim ahamiyat kasb etadi.