Ma'lumoti:
Bakalavriat (1976) va magistraturani Toshkent Davlat Universiteti (hozirgi O‘zMU) ning Iqtisodiyot yo‘nalishida tamomlagan, 1984-yilda mazkur OTMda Sanoatda mehnat unumdorligi muammolari bo‘yicha doktorlik ishi himoyasini qilgan.
Shuningdek, Garvard universitetining Xalqaro taraqqiyot institutida (1990-1991) tadqiqotchi sifatida bilim olgan, iqtisodiyot, xavfsizlik va xalqaro munosabatlar masalalari bo‘yicha qator maqolalar muallifi.
Rus va ingliz tilida ravon so‘zlashadi.
“Mehnat Shuhrati” (2004), “Do‘stlik” (2011) va “Fidokorona xizmatlari uchun” (2019) ordenlari sohibi.
Ish tajribasi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining xalqaro iqtisodiy aloqalar bo‘limida yetakchi konsultant, bo‘lim mudiri (1991-1992)
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirining birinchi o‘rinbosari (1992-1993)
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri (1993-1993; 2003-2005)
O‘zbekiston Respublikasining Germaniyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi, o‘rindoshlik asosida – O‘zbekiston Respublikasining Niderlandiya va Avstriyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi, shuningdek, O‘zbekistonning YXHTdagi vakili (1993-1996)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlatlararo munosabatlar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi (1996)
O‘zbekiston Respublikasining AQSh va Kanadadagi elchisi (1996-2001)
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili (2001-2003)
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori (2005)
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi raisi (2005-2016)
2016-yildan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari
2021-yil 23-iyulda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Favqulodda va Muxtor elchi
Elchi Abdusamat Xaydarov hozirda O'zbekiston Respublikasi TIV Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatik akademiya direktori hisoblanadi.
2007-yildan 2014-yilgacha u Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afg'onistonga Ko'maklashish Missiyasining (BMTAKM) G'arbiy va Janubiy mintaqaviy ofislari rahbari bo'lgan. 2014-yildan 2016-yil oxirigacha BMTAKM Siyosiy masalalar departamentini boshqargan.
BMT tizimida ish boshlashdan avval A. Xaydarov kasbiy diplomat va Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari bo'yicha ekspert bo'lgan. O'zbekiston mustaqillikka erishganidan so'ng, 1991-yilda O'zbekiston TIVda mas'ul lavozimlarda, so'ngra O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining davlatlararo munosabatlar va tashqi iqtisodiy aloqalar bo'yicha bosh konsultanti bo'lib ishlagan.
1996-1999 - yillarda O'zbekiston Respublikasining Erondagi Elchisi bo'lgan. 1999-2000 - yillarda O'zbekiston Tashqi ishlar vazirining o'rinbosari bo'lgan.
Afg'oniston, Eron va Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari bo'yicha tadqiqotlarni o'z ichiga olgan 70 dan ortiq nashrlar, monografiyalar va xalqaro munosabatlar va xavfsizlik masalalari bo'yicha kitoblar muallifi.
Dari, fors, rus va ingliz tillarida erkin so'zlashadi.
RAHIMOV TIMUR ABDURASHITOVICH
Timur Rahimov hozirda Oʻzbekiston Respublikasi TIV Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatik akademiya direktorining oʻrinbosari.
2021-yil boshidan 2022-yil noyabrgacha boʻlim boshligʻi, Markaziy Osiyo xalqaro institutining siyosiy tadqiqotlar boʻlimining bosh ilmiy mutaxassisi boʻlgan.
1991-yildan TIV tizimida, vazirlikning Markaziy apparatida Konsullik boshqarmasida, Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasida, shuningdek AQSh va Amerika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasida turli lavozimlarda ishlagan.
Bir necha bor Oʻzbekiston Respublikasining Benilyuks (1997-1999 yillar), Italiya (2002-2005 yillar) mamlakatlaridagi diplomatik vakolatxonalariga, NATO huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi missiyasiga (2010-2012 yillar), shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Qozogʻiston Respublikasidagi elchixonasiga (2016-2020 yillar) uzoq muddatli xorijiy xizmat safarlariga yuborilgan. Olmaota shahrida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish boʻyicha Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot muvofiqlashtirish markazi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi narkotiklarni nazorat qilish Milliy axborot-tahlil markazining vakolatli vakili boʻlib xizmat qilgan (2016-2018).
Oliy va yuqori darajadagi tashriflarga materiallar tayyorlashda ishtirok etgan, Oʻzbekiston va xorijiy mamlakatlarning ommaviy axborot vositalarida xalqaro munosabatlar va Markaziy Osiyo mamlakatlari boʻyicha bir qator ilmiy maqolalarni nashr etgan.
Birinchi darajali maslahatchi diplomatik darajasiga ega.
Ingliz, italyan, rus va arab tillarini biladi.