2025-yil 6-sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatik akademiyada tahsil olgan magistrantlarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tantanali tadbirda akademiya rahbariyati va professor-o‘qituvchilari, bitiruvchilarning ota-onalari, shuningdek, 2025/2026 o‘quv yili uchun Diplomatik akademiyaga qabul qilingan talabalar ishtirok etdilar.
O‘z nutqlarida bitiruvchilar ta’lim ularga qimmatli bilim va amaliy ko‘nikmalar berganini ta’kidladilar. Akademiya rahbarlari va professor-o‘qituvchilari kechagi talabalarni magistraturani muvaffaqiyatli yakunlaganliklari bilan tabriklab, ularning yurt taraqqiyoti yo‘lida kasbiy faoliyatida ulkan yutuqlar tiladilar.