2025-yil 11-aprel Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatiya akademiyasida Oʻmon Sultonligi Tashqi ishlar vazirligining Fors koʻrfazi davlatlari va Markaziy Osiyo mamlakatlari boʻyicha departamenti rahbari Shayx Ahmad bin Hashel Maskariy bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Oʻmonning Oʻzbekistondagi elchixonasi rahbari Al Sayyida Vafo Jabr Nasser Albusaidiy ham ishtirok etdi.
Suhbat davomida yosh diplomatlarni tayyorlash sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Shayx Ahmad bin Hashel Maskariy ikki davlat oʻrtasidagi yuqori ishonch darajasi va tarixiy yaqinlikni taʼkidlab oʻtdi hamda Oʻmon tashqi siyosati va Fors koʻrfazi davlatlarining siyosati mavzusida maʼruza oʻqish istagini bildirdi.
Uchrashuv konstruktiv ruhda oʻtdi va ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash borasidagi oʻzaro qiziqishni tasdiqladi.