Joriy yilning 1-iyulidan boshlab Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatik akademiya 2026–2027 o‘quv yili uchun “Menejment” yo‘nalishi bo‘yicha magistraturaga qabul e’lon qiladi. Dastur Hindistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri — Meri Group of Institutions bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
✨ Dastur afzalliklari:
• xalqaro ekspertlar va professor-o‘qituvchilar bilan qo‘shma ta’lim;
• o‘qish muddati — atigi 1 yil;
• ikkinchi semestrda eng yaxshi magistrantlar Hindistonga tashrif buyurib, yetakchi hind kompaniyalari faoliyati bilan tanishish va xalqaro darajadagi menejment bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
📌 Abituriyentlarga qo‘yiladigan talablar:
• xorijiy (ingliz) tilini bilish bo‘yicha sertifikat;
• kamida 3 yillik ish staji.
Xalqaro darajadagi nufuzli ta’lim olish va yangi karyera imkoniyatlarini ochish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
📞 (71) 267 14 46, (71) 267 07 06
📱 Telegram
💼 LinkedIn