• Maxsus imkoniyatlar

    Ko'rinish:

    Shrift hajmi:

  • Mobil versiya
  • Sayt xaritasi
SHU YERDA QIDIRISH SO'ZINI YOZING

JIDU qoshidagi Diplomatik Akademiyasida Estoniya Diplomatiya Maktabi vakillari bilan uchrashdi

JIDU qoshidagi Diplomatik Akademiyasida Estoniya Diplomatiya Maktabi vakillari bilan uchrashdi

news

2024-yilning 12-15 noyabr kunlari O‘zbekistonda, dastlabki kelishuvga muvofiq, YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ofisi ko‘magida direktor E.Nomm boshchiligidagi Estoniya Diplomatiya maktabi (EDM) delegatsiyasi respublikaga tashrif buyurdi.

 

Uchrashuv va suhbatlarda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi JIDU huzuridagi Diplomatik akademiya hamda Yevropada diplomatlar tayyorlash bo‘yicha yetakchi markazlardan biri bo‘lgan va ayni paytda 35 ta xorijiy davlat vakillari malaka oshirayotgan Estoniya Diplomatiya maktabi o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik doirasida tomonlar o‘z faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha tajriba almashish, Yevropa Ittifoqi, Markaziy Osiyo, Afg‘onistondagi vaziyatni  chuqur o’rganish va tomonlar uchun o‘zaro manfaatli bo‘lgan boshqa masalalar bo‘yicha ma’ruzalar, seminarlar, davra suhbatlari tashkil etish va uchrashuvlar o‘tkazishga kelishib olindi.

 

Mehmonlar tez orada Yevropa diplomatiyasi rahbari lavozimini egallashi kutilayotgan Estoniyaning sobiq bosh vaziri K.Kallas bilan aloqalarga to‘xtalar ekan, mavjud siyosiy ko‘mak va tomonlarning hamkorlikka keng e’tibor qaratishi tufayli O‘zbekiston bilan hamkorlik ufqlarini kengaytirish” imkoniyatiga erisha olishga umid bildirdilar.

 

Shu bilan birga, estoniyalik diplomatlar Estoniyaning amaldagi prezidenti, 2007-2012 yillarda Tartu universiteti rektori sifatida faoliyat olib borgan Alar Karisni JIDUda ma’ruza o‘qishga taklif qilish imkoniyatini ko‘rib chiqish haqida tashabbus bildirishdi. Estoniya prezidentining O‘zbekistonga tashrifi 2025-yilga rejalashtirilgan bo‘lib, estoniyalik diplomatlarning O‘zbekistonga tashrifi yakunlanganidan so‘ng Estoniya TIV bilan ushbu masala ustida ishlashlari va O‘zbekiston tomonining mazkur taklifni qo‘llab-quvvatlashiga umid qilishlarini bildirishdi.

 

Suhbatlar yakunida JIDU huzuridagi Diplomatik akademiya va Estoniya Diplomatiya maktabi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi, uning matni Estoniya delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida kelishib olingan edi.

 

Respublikamizga uch kunlik safar mobaynida estoniyalik diplomatlar Estoniya tashqi siyosati, Yevropa Ittifoqi tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari shuningdek, “Tashqi siyosat tahlili: diplomatlar va tahlilchilar uchun amaliy uslublar mavzusida mahorat darslarini o‘qitishdi, shuningdek,

Tadbirda ishtirok etgan YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori A.Karttunen 2025-yilda YeXHT mablag‘lari hisobidan tomonlar o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga yordam beruvchi Diplomatik akademiya vakillarining YeXHTga javob tashrifini tashkil etish masalasi ustida ishlashga tayyorligini ta’kidladi.

Umuman olganda, EDM delegatsiyasining tashrifi konstruktiv ruhda o‘tdi va har ikki tomon manfaatlariga javob beradigan hamkorlikni rivojlantirishga qaratildi.