• Maxsus imkoniyatlar

    Ko'rinish:

    Shrift hajmi:

  • Mobil versiya
  • Sayt xaritasi
SHU YERDA QIDIRISH SO'ZINI YOZING

Diplomatik akademiyada JIDU professor-o‘qituvchilari uchun malakasini oshirish kursi yakunlanganligi to‘g‘risida

Diplomatik akademiyada JIDU professor-o‘qituvchilari uchun malakasini oshirish kursi yakunlanganligi to‘g‘risida

news

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 23 iyuldagi 330-sonli “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tizimli isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 sentabrdagi 797-sonli “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq - JIDU huzuridagi Diplomatik akademiya tomonidan JIDU professor-o‘qituvchilari tarkibi uchun 2024 yil 25 dekabrdan 2025 yil 25 yanvargacha malaka oshirish kursi tashkil etildi.

 

Kurs to‘rt yo‘nalishni qamrab oldi: “Xalqaro munosabatlar”, “Siyosatshunoslik”, “Xalqaro huquq” va “Xalqaro iqtisod”. Ushbu malaka oshirish kursida JIDUdan 18 nafar professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar. Malaka oshirish kursida tinglovchilar siyosiy tahlil va bashorat, xalqaro grantlar bilan ishlash va innovatsion pedagogik texnologiyalarning nazariy asoslarini ozlashtirdilar.

 

Yuqoridagi kurs doirasida Hindistonning MERI Group Institutions xalqaro aloqalar markazi professori Ramakant Dvivedi va doktor Lav Agraval tomonidan “Oliy taʼlim va xalqaro munosabatlarda sunʼiy intellektni qoʻllash” mavzusida maʼruzalar oʻtkazildi. Shuningdek, JIDU o‘qituvchilari uchun Bangladeshning O‘zbekistondagi elchisi Mohammad Monirul Islom “O‘zbekiston-Bangladesh munosabatlarini rivojlantirish va mintaqalararo o‘zaro bog‘liqlik” mavzusida ma’ruza o‘qildi.

 

2025-yil 27 va 28-yanvar kunlari qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari bitiruvchilarining bitiruv malakaviy ishini himoya qilish hamda attestatsiyadan o‘tkazish bo‘lib o‘tdi. Talabalar kurslarning tashkil etilishi va mazmunini yuqori baholadilar va ularni barcha JIDU o‘qituvchilarini jalb etgan holda muntazam ravishda o‘tkazish muhimligini ta’kidladilar.

 

2025-yil 29-yanvar kuni malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga yuqoridagi kursni tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikatlar topshirildi.