2024-yil 5-dekabrdan 18-dekabrgacha JIDU huzuridagi Diplomatik akademiyada O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xodimlari uchun qisqa muddatli “O‘zbekistonning yangilangan tashqi siyosati, zamonaviy diplomatiyada “Yumshoq kuch”” mavzudagi malaka oshirish va qayta tayyorlash kursi tashkil etildi.
Diplomatlarning o’quv jarayoniga Respublika va JIDUning yetakchi mutaxassislari jalb etildi.
2024-yil 18-dekabr kuni o‘qish jarayonini muvoffaqiyatli tugatgan barcha tinglovchilariga O‘zbekiston Respublikasi TIV JIDU huzuridagi Diplomatik akademiyaning qisqa muddatli kurslarini tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikatlar topshirildi.