2024-yil 7-dekabr kuni Diplomatik akademiyada Hindistonning AQShdagi sobiq elchisi va Hindiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xarsh Vadxan Shringlaning “Zamonaviy Hindiston-AQSh munosabatlari” mavzusidagi ma’ruzasi bo‘lib o‘tadi. JIDU va Diplomatik akademiyaning professor-o‘qituvchilari, talabalari, magistrantlari va doktorantlari taklif etiladi. Ma’ruza JIDU “B” binosi 110-xonada onlayn tarzda o‘tkaziladi.
Xarsh Vardxan Shringla, Hindiston tashqi ishlar vazirining sobiq oʻrinbosari (2020-22) Hindiston raisligida oʻtgan G20 sammitining (2022-23) bosh koordinatori boʻlgan. 1984 yildan diplomatik xizmatda.
2023 yilda Shringla global diplomatiya va xayriyaga qo‘shgan hissasi uchun Shri Bhagvan Mahavir Viklang Sahayata Samiti (BMVSS) mukofotiga sazovor bo‘ldi. U bir qancha yuqori darajadagi hind korporatsiyalarining strategik maslahatchisi.