Joriy yilning 9-avgustda JIDU huzuridagi Diplomatik akademiyada
Hindiston – Markaziy Osiyo jamgʻarmasi (ICAF) direktori R.Dvivedi va uning hamrohlari bilan ishchi uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida ICAF va JIDU huzuridagi Diplomatik akademiya bilan oʻquv va ilmiy ishlar yuzasidan hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Shu jumladan ilgargi kelishuvlarga muvofiq oʻzbek, ingliz va rus tillarida chop etilishi rejalashtirilgan “India-Uzbekistan Perspectives on Connectivity Between South and Central Asia” nomli kitob masalasi ham muhokama qilindi.
Suhbat do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tdi.