2024-yil 16-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida JIDU huzuridagi Diplomatik akademiya direktori A.Xaydarov komodor (brigada generali) Prashant Dattatreya Shidxaye va polkovnik Navin Kumar Sharma boshchiligidagi Hindiston Mudofaa boshqaruvi kolleji (CDM) delegatsiyasi bilan uchrashdi. Uchrashuvda Diplomatik akademiya xodimlari I.Fayzullayev, D.Amanov, Z. Po'latxodjayev, shuningdek, Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti xodimlari X.Boltayev va F.Jamalov ishtirok etdi.
Suhbat davomida mehmonlar JIDU va Diplomatik akademiyadagi o'quv jarayoni, shuningdek, IXTI va uning tematik va mintaqaviy markazlarining ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan tanishdilar.
Mehmonlar zamonaviy o‘zbek-afg‘on munosabatlari, Qo‘shtepa kanali muammosiga, respublikaning yosh avlodi oldida turgan xavflarga, sun'iy intellektdan foydalanish masalasiga qiziqish bildirishdi. Barcha berilgan savollarga batafsil javob berildi.
Umuman olganda, munozara konstruktiv ruhda o'tdi.