2024-yil 13-maydan 25-maygacha JIDU huzuridagi Diplomatik akademiyada O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo'mondonlik tarkibi ofitserlari uchun ikki haftalik "O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosati asoslari, diplomatik protokol, odob-axloq qoidalari va muzokaralar jarayoni" kursi tashkil etildi.
O'quv jarayonida tinglochilar diplomatik protokol va odob-axloq qoidalari asoslari, ishbilarmonlik yozishmalarini o'tkazish nazariyasi va amaliyoti, diplomatik qabullarni tashkil etish, muzokaralar olib borish, shuningdek, turli darajadagi rasmiy tashriflarda protokol tadbirlari dasturlarini tayyorlash metodikasi kabi sohalarda nazariy va amaliy ko'nikmalarni o'zlashtirdilar.
2024-yil 25-may kuni kursning barcha tinglovchilariga O'zbekiston Respublikasi TIV JIDU huzuridagi Diplomatik akademiyaning qisqa muddatli kurslarini tamomlaganlik to'g'risidagi sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.