2024-yil 28-martdan 4-aprelgacha JIDU huzuridagi Diplomatik akademiyada uzoq muddatli safarga yuborilishi rejalashtirilayotgan O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xodimlari uchun bir haftalik "O'zbekistonning yangilangan tashqi siyosati, zamonaviy diplomatiyada “Yumshoq kuch”, diplomatik protokol va etiket" kursi tashkil etildi.
O'quv jarayonida tinglovchilar diplomatik protokol va odob-axloq qoidalari asoslari, ishbilarmonlik yozishmalarini o'tkazish nazariyasi va amaliyoti, diplomatik qabullarni tashkil etish, muzokaralar olib borish, shuningdek, turli darajadagi rasmiy tashriflarda protokol tadbirlari dasturlarini tayyorlash metodikasi kabi sohalarda nazariy va amaliy ko'nikmalarni o'zlashtirdilar.
2024-yil 4-aprel kuni kursni muvoffaqiyatli tugatgan barcha tinglovchilariga O'zbekiston Respublikasi TIV JIDU huzuridagi Diplomatik akademiyaning qisqa muddatli kurslarini tamomlaganlik to'g'risidagi sertifikatlar topshirildi.