Joriy yilning 26-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatik akademiya magistratura bosqichi talabalari ishtirokida O‘zbekiston tashqi siyosatida “Yumshoq kuch” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
Konferensiyani siyosiy fanlar doktori professor Jumayev Rustam Ziyatovich olib bordi. Magistrlar quyidagi mavzularda o‘zlarining tezislari bilan qatnashishdi:
Shakerov Ulan - "Yumshoq kuch" atamasining kategorial tahlili;
Abdurasulova Mexriniso - Yaponiyaning Markaziy Osiyodagi “Yumshoq kuch” siyosati;
Shamuratova Risolat - O‘zbekistonning madaniy qadriyatlari;
Ergasheva Janar - O‘zbekistonning brend shaharlari;
Xo‘jamqulova Mahliyo - Yangi O‘zbekiston maktablari;
A’zamov Sobirxo‘ja - Yangi O‘zbekistonning insonparvarlik diplomatiyasi.
“Yangi Oʻzbekiston”ning yumshoq kuch siyosati imkoniyatlariga bag‘ishlangan ushbu konferensiya qizg‘in kayfiyatda o‘tkazilib, ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga Diplomatik akademiya professor va mas’ul hodimlari tomonidan batafsil javoblar berildi.
Talabalarning ma’ruzalaridan kelib chiqib, ayrim jihatlari e’tirof etilgan bo‘lsa, tegishli o‘rinlarda kelgusi ilmiy ishlarida hisobga olinishi lozim bo‘lgan tavsiyalar berildi. Ushbu konferensiya davomiy o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, kelgusi hafta JIDU magistrantlari ishtiroki ham ko‘zda tutilgan.