• Maxsus imkoniyatlar

    Ko'rinish:

    Shrift hajmi:

  • Mobil versiya
  • Sayt xaritasi
SHU YERDA QIDIRISH SO'ZINI YOZING

Oʼzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi JIDU huzuridagi Diplomatik akademiyada “Oʼzbek diplomatiyasi - elchilik institutining ildizlariga nazar” mavzuida oʼtkazilgan magistratura ilmiy-amaliy konferensiyasi toʼgʼrisida

Oʼzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi JIDU huzuridagi Diplomatik akademiyada “Oʼzbek diplomatiyasi - elchilik institutining ildizlariga nazar” mavzuida oʼtkazilgan magistratura ilmiy-amaliy konferensiyasi toʼgʼrisida

news

2024 yil 10 may kuni JIDU huzuridagi Diplomatik akademiyada “Oʼzbek diplomatiyasi - elchilik institutining ildizlariga nazar” mavzuida magistratura ilmiy-amaliy konferensiyasi boʼlib oʼtdi. Universitet rektori S.S.Safoev tashabbusi bilan oʼtkazilayotgan ushbu anjuman Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 02.02.2024 yildagi PQ-54-son qarorida ko’rsatilgan Taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlarni chuqurlashtirish, taʼlim tashkilotlari faoliyatini ilgʼor xorijiy amaliyotlar asosida tashkil etish va qoʼshimcha qoʼllab-quvvatlash borasidagi chora-tadbirlar ijrosini amalga oshirish maqsadida o’tkazildi. Bu tadbir Аkademiyaning birinchi bitiruvchi magistrlarining ilmiy faoliyatini rivojlantirish va koʼnikmalarni mustahkamlash maqsadida tashkil qilingan 3 konferensiyaning (“O‘zbekiston tashqi siyosatida “Yumshoq kuch” (26.04.2024y.), “Yaqin Sharq muammosini xaqqoniy va odilona hal etishdagi bosqichlar va ularning istiqbollari” (02.05.2024y.)) yakuniysidir. Yig’ilishga nafaqat Аkademiya magistrantlari, balki JIDU va Sharqshunoslik universiteti magistrant va doktorantlari ham taklif etildilar.


Konferensiyani Аkademiya direktori siyosiy fanlar doktori, professor А.А.Xaydarov kirish soʼzi bilan ochib berdi. Koʼtarilgan mavzu garchi mustaqillik davrida nashr etilgan turli adabiyotlarda yoritilgan boʼlsa-da, bu mavzuda hozirgacha konferentsiya darajasidagi tadbir oʼtkazilmagan edi. Аnjuman Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning «Qadimdan mamlakatimiz hududida diplomatiya anʼanalari shakllangan, ajdodlarimiz yaqin va uzoq xorij bilan doʼstlik va hamkorlikda yashashga intilganlar», degan fikrlari tasdigʼi sifatida eʼtiborga loyiq boʼldi.


Konferensiyada asosiy urgʼu oʼlkamizning boy tarixi, xususan diplomatiyamizning chuqur tarixiy ildizlari, boy anʼanalari tilga olindi. Xususan, Аkademiya magistrantlari tarixda mintaqamiz hududida hukm surgan imperiyalar, xonlik va boshqa tuzumlardagi oʼzbek diplomatiyasining qadimgi zamonlardan boshlab bugungi kungacha – mustaqil Oʼzbekiston diplomatiyasi shakllanishi va taraqqiy etishigacha boʼlgan davr toʼgʼrisida oʼz ilmiy izlanishlari borasida maʼruza va prezentatsiyalar qildi. Maʼruzalar sohaning quyidagi yoʼnalishlariga bagʼishlandi: “Ozbek diplomatiyasining tarixiy ildizlari”, “Amir Temur davrida diplomtik munosabatlarning rivojlanishi”, “Markaziy Osiyo hududida elchilik institutining taraqqiy topishi”, “Boburiylar diplomatiyasi”, “Ozbek Xonliklari davrida diplomatiya”, va “O’zbekistonning zamonaviy diplomatiyasi”.


Maʼruzachilardan magistrantlar Xolov Suxrob, Аbdullaeva Maftuna va Аdilova Nargizaning chiqishlari, ayniqsa, anjuman qatnashchilarida katta qiziqish uygʼotdi.


Mazkur anjuman Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning oʼzbek diplomatiyasining «tarixiy ildizlari, mustaqillik davrida oʼziga xos shakllanish jarayonlari» haqida alohida ilmiy izlanishlar olib borish zarurligi borasidagi ko’rsatmalari javoban oʼtkazildi. Magistrantlar tayyorlagan materiallar Oʼzbekiston diplomatiyasining shakllanishi, rivojlanishining asosiy bosqichlarini oʼrganishda yana bir qadam boʼladi, deb umid qilamiz.


Tadbir yakunida ishtirokchilar o’z fikr-mulohazalari bilan o’rtoqlashib, Diplomatik akademiya va JIDU bilan hamkorlikda “O’zbekiston diplomatiyasi: kecha va bugun” mavzuida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini o’tkazish taklifini kiritdilar.