• Maxsus imkoniyatlar

    Ko'rinish:

    Shrift hajmi:

  • Mobil versiya
  • Sayt xaritasi
SHU YERDA QIDIRISH SO'ZINI YOZING

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni Podshohligi

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni Podshohligi

news

Saudiya Arabistoni Podshohligi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi shahzoda Saud al-Faysal nomidagi diplomatik tadqiqotlar institutida oʻtkazilgan uchrashuv haqida

 

2023-yil 30-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) rahbariyatining Saudiya Arabistoni Podshohligiga (SAP) tashrifi doirasida SAP Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi shahzoda Saud al-Faysal nomidagi diplomatik tadqiqotlar institutida uchrashuv oʻtkazildi.

 

Uchrashuvda Oʻzbekiston Prezidenti tashabbusi bilan JIDU huzurida tashkil etilgan Diplomatik akademiya oʻrtasida hamkorlik oʻrnatish masalalari muhokama etildi va quyidagi kelishuvlarga erishildi:

 

- Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq mintaqalaridagi hozirgi vaziyat masalalariga oid maʼruzalar oʻqish maqsadida oʻzaro xodimlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish;

- 2023-yilning uchinchi choragida Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq mintaqalari oʻrtasida oʻzaro bogʻliqlikni yanada faollashtirish, jumladan, Oʻzbekiston-Saudiya munosabatlarining hozirgi dinamikasi tahliliga oid birgalikda ilmiy konferensiya oʻtkazish;

- Diplomatik akademiya tinglovchilari uchun Ar-Riyoz shahrida qisqa muddatli begʻaraz asosda oʻquv kurslarini tashkil etish;

- Islom moliyasi yoʻnalishida Oʻzbekiston bank-moliya sohasidagi mutaxassislari uchun Ar-Riyoz shahrida oʻquv kurslarini tashkil etish;

- Yosh diplomatlar uchun iqtisodiy diplomatiya yoʻnalishida oʻquv kurslarini tashkil etish.

 

Uchrashuv va muloqotlar konstruktiv ruhda oʻtdi. Diplomatik tadqiqotlar instituti rahbariyati JIDU bilan hamkorlik koʻlamini yanada kengaytirishdan manfaatdorligini bayon etdi.