Finlyandiya prezidenti matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, ikki davlat rahbari o‘rtasidagi muzokaralarda mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar muhokama qilinadi.
Tashrif davomida Aleksandr Stubb biznes-forumda ishtirok etadi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida ma’ruza qiladi va tashqi siyosat sohasidagi mutaxassislar bilan uchrashadi.
Finlyandiya prezidenti delegatsiyasi tarkibidan mamlakat savdo va sanoat vakillari ham o‘rin olgan.
ℹ️ Ma'lumot uchun: bunga qadar Finlyandiya prezidentlaridan Mauno Koyvisto 1992-yilda O‘zbekistonga kelgan.