• Maxsus imkoniyatlar

    Ko'rinish:

    Shrift hajmi:

  • Mobil versiya
  • Sayt xaritasi
SHU YERDA QIDIRISH SO'ZINI YOZING

PRESS-RELIZ

PRESS-RELIZ

news

2024-yil 23-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatik akademiyada "Janubiy va Markaziy Osiyoning o'zaro bog'liqligini rivojlantirishda Hindiston va O'zbekistonning istiqbollari" kitobining taqdimoti bo'lib o'tdi.  Unda JIDU va Diplomatik akademiya rahbariyati va o'qituvchilari, Hindistonning O'zbekistondagi elchisi, O'zbekiston tomonidan maqolalar mualliflari, shuningdek talabalar ishtirok etdi. 

 

"Hindiston va O'zbekistonning Janubiy va Markaziy Osiyoning o'zaro bog'liqligini rivojlantirishdagi istiqbollari" kitobi JIDU huzuridagi Diplomatik akademiya va “Hindiston - Markaziy Osiyo” jamg'armasi tomonidan o'zbek, ingliz va rus tillarida nashr etildi.

 

Tadbirni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining birinchi prorektori doktor A.Umarov kirish nutqi bilan ochdi. Uning ta'kidlashicha, Hindiston va O'zbekiston o'rtasidagi tarixiy va madaniy aloqalar, shuningdek, umumiy urf-odatlar va an'analar ikki tomonlama madaniy va iqtisodiy hamkorlikning o'sishiga yordam beradi. Binobarin, bular mamlakatlarimizning turizm va ta'lim sohasidagi hamkorligini ijobiy va barqaror rivojlantirishga yordam beradi.

 

Uning so'zlariga ko'ra, O'zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev va Hindiston bosh vaziri va Narendra Modining fundamental yondashuvi ikki tomonlama rivojlanishni mustahkamlash va ilgari surish uchun mustahkam asos bo'lib xizmat qildi.

 

Kitob o'quvchi e'tiborini tarix, siyosat, iqtisod, investitsiyalar, xavfsizlik va madaniyatni qamrab olgan zamonaviy dunyoda tobora dolzarb bo'lib borayotgan mavzularga qaratadi. Notiq fikriga ko'ra, bunday tadqiqotlar Markaziy va Janubiy Osiyoda mintaqaviy tinchlik va xavfsizlikka hissa qo'shadi.

 

Tadbirda Hindistonning O'zbekistondagi elchisi E.P.Smita Pant so'zga chiqib, O'zbekiston-Hindiston hamkorligining turli sohalardagi yutuqlarini mamnuniyat bilan qayd etdi. U o'zbek va hind mualliflarining ushbu kitobni tayyorlashda qilgan mehnatlarini yuqori baholadi. Hindiston elchisi ikki mamlakat olimlarining birgalikdagi hamkorligi aloqalar uchun yangi zamin yaratib, rivojlantirishga yordam berishini ta'kidladi.  

 

Taqdimotda Diplomatik akademiyasi direktori, professor A.Xaydarov,  Hindiston-Markaziy Osiyo jamg'armasi (ICAF) direktori, doktor Ramakant Dvivedi va kitob mualliflaridan biri bo'lgan ICAF boshqaruv kengashi a'zosi prof. Anil Sharma so’zga chiqdilar. Ular kitob siyosiy, iqtisodiy va madaniy hamkorlikni, shuningdek, Hindiston va O'zbekiston o'rtasidagi xavfsizlikni aks ettirishini ta'kidladilar.

 

Barcha ma'ruzachilar ikki mamlakat akademiyalari o'rtasida hamkorlikni davom ettirish zarurligini aniq ko'rsatib berishdi, bu esa ikki tomonlama munosabatlarini kengaytirishga yordam beradi.

 

Tadbir yakunida Diplomatik akademiya va "Hindiston-Markaziy Osiyo jamg'armasi" o'rtasida o'zaro anglashuv memorandumi imzolandi.