Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatik akademiyada 2026 yil 30 - martdan 3 - aprelgacha 52 nafar Samarqand viloyati mahalliy hokimiyat organlari xodimlari va tadbirkorlik subyektlari vakillari uchun «Diplomatiya asoslari, muzokaralar olib borish texnikasi va usullari, xalqaro protokol va etiket qoidalari. AQSh bilan ishlash amaliyoti» mavzusida maxsus malaka oshirish kursi tashkil etildi.
Dastur doirasida O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining dolzarb masalalari, o‘zbek-amerika munosabatlari, iqtisodiy diplomatiya, ishbilarmonlik etikasi, muzokara jarayoni hamda diplomatik protokol va etiket qoidalariga bag‘ishlangan ma’ruzalar o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlar 5 kun davomida gibrid formatda (onlayn/oflayn) olib borildi. O‘quv jarayoni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Diplomatik akademiyaning yetakchi professor va o‘qituvchilari tomonidan olib borildi.
Kurs yakunida barcha ishtirokchilarga belgilangan namunadagi sertifikatlar topshirildi.