• Maxsus imkoniyatlar

    Ko'rinish:

    Shrift hajmi:

  • Mobil versiya
  • Sayt xaritasi
SHU YERDA QIDIRISH SO'ZINI YOZING

JIDU huzuridagi Diplomatik akademiyada O'mon yosh diplomatlari uchun maxsus kurs ochildi

JIDU huzuridagi Diplomatik akademiyada O'mon yosh diplomatlari uchun maxsus kurs ochildi

news

Joriy yilning 12 may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) O'mon Tashqi ishlar vazirligi yosh diplomatlari malakasini oshirish bo'yicha maxsus kursning ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

 

Dastur ta'lim va diplomatik sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish maqsadida 17-mayga qadar JIDU huzuridagi Diplomatik akademiyada tashkil etildi. Mazkur tashabbus  O'mon TIV xodimlarining O'zbekiston tarixi, ichki va tashqi siyosati, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan yaqindan tanishish orqali kasbiy saviyasini oshirishga qaratilgan.

 

Tadbirda JIDU birinchi prorektori Akram Umarov, O'mon elchisi Vafa Jabr Nasser Albusaidiy, O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi vakillari, O'mon TIV tarkibiy bo'linmalari rahbarlari, shuningdek, JIDU talabalari ishtirok etdi.

 

Kurs doirasida JIDU va Diplomatik akademiya professor-o'qituvchilari va tadqiqotchilari tomonidan O'zbekiston tashqi siyosatining o'ziga xos xususiyatlari, mustaqillik yillarida mamlakatimizni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari, diplomatik tashabbuslar va xalqaro iqtisodiy loyihalar kabi keng ko'lamli mavzularda ma'ruza va amaliy mashg'ulotlar o'tkaziladi.

 

Mazkur ta'lim dasturining amalga oshirilishi ikki davlat o'rtasidagi munosabatlarni yana-da mustahkamlash, ekspertlik aloqalarini kengaytirish, xalqaro hamkorlik sohasida barqaror muloqotlar uchun platforma yaratishga xizmat qiladi.