• Maxsus imkoniyatlar

    Ko'rinish:

    Shrift hajmi:

  • Mobil versiya
  • Sayt xaritasi
SHU YERDA QIDIRISH SO'ZINI YOZING

Diplomatik akademiyada “Yaqin Sharq muammosini hal etishning tarixi, bugungi holati va keyingi istiqbollari” mavzuida navbatdagi ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi

Diplomatik akademiyada “Yaqin Sharq muammosini hal etishning tarixi, bugungi holati va keyingi istiqbollari” mavzuida navbatdagi ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi

news

2024-yil 2-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) qoshidagi Diplomatik akademiyada Akademiya professor-o‘qituvchilari va magistrantlari, shuningdek, JIDU magistrantlari ishtirokida “Yaqin Sharq muammosini hal etishning tarixi, hozirgi holati va kelajak istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi.

 

Ilmiy-amaliy konferensiyani Akademiyaning maxsus fanlar kafedrasi mudiri, dotsent A.Xashimov olib bordi.

 

          Diplomatik akademiya direktori, siyosiy fanlar doktori, professor A.Xaydarov ilmiy-amaliy konferensiyani ochdi va o‘zining kirish so‘zida Falastin-Isroil mojarosi uzoq tarixga ega bo‘lib, so‘nggi paytlarda bir necha arab-isroil urushlariga sabab bo‘lganini ta’kidladi. Shuningdek, ushbu muammoni hal qilish maqsadida BMT Xavfsizlik Kengashi mojaroga aloqador tomonlarni tinchlik muzokaralarini boshlashga chaqiruvchi bir qator rezolyutsiyalarni qabul qilgani qayd etildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalari kontekstida bir nechta tinchlik konferentsiyalari, shu jumladan 1991 yilda Madridda bo'lib o'tdi. Norvegiya ham mojaroni hal qilishda faol vositachi sifatida ishtirok etdi, uning ishtirokida Oslo 1 va Oslo 2 shartnomalari imzolandi.

 

Konferensiya ishtirokchilari quyidagi mavzularda oʻzlarining chiqishlari bilan qatnashishdi:

 

Tuxliyeva Malika Toʻrayevna - Isroil-Falastin muammosining tarixi va asosiy bosqichlari.

 

Abdullayeva Ozoda Farmon qizi - Yaqin Sharq muammosini hal qilishga to'sqinlik qiluvchi omillar va ularning sabablari.

 

Manabov Odilbek Abdugʻaf-forovich - Amerika-Isroil munosabatlarining  Yaqin Sharqdagi vaziyatning barqarorlashuviga ta’siri.

 

Maxmudova Kamola Bahodir qizi - Gʻarb ekspertlarining Falastindagi vaziyatga baholari.

 

Kushayeva Nigina Baxromjonovna - “Yaqin Sharq muammosi”ga arab davlatlarining munosabati (Saudiya Arabistoni misolida).

 

Joʻrayev Sardorbek Rayimjon o‘g‘li - Yaqin Sharq muammosida Eronga hayrihoh Yamandagi xussiylar va Livandagi “Hizbulloh”ning oʻrni.

 

Joʻraqulova Baxtiniso Tojiddin qizi - O'zbekistonning Yaqin Sharq muammosini hal qilish bo'yicha pozitsiyasi.

 

Anjumanda muhokama qilingan “Yaqin Sharq muammosini hal etishning tarixi, hozirgi holati va kelajak istiqbollari” mavzusi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

 

Tadbir so‘ngida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarilib, ularning keyingi ilmiy faoliyati va amaliy faoliyati davomida e’tiborga olinishi yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.