2025-yil 26-maydan 5-iyungacha O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tinglovchilari uchun Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatik akademiyada “O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati asoslari, diplomatik protokol, etiket va muzokaralar jarayoni” mavzusida ikki haftalik o‘quv kursi tashkil etildi.
Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar diplomatik protokol va etiket, xizmat yozishmalari yuritish, diplomatik qabul marosimlarini tashkil etish, muzokaralar olib borish hamda turli darajadagi rasmiy tashriflar doirasida protokol tadbirlari dasturlarini tayyorlash bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni egalladilar.
2025-yil 5-iyun kuni ushbu kursni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga Tashqi ishlar vazirligi JIDU huzuridagi Diplomatik akademiyasi tomonidan sertifikatlar topshirildi.