• Maxsus imkoniyatlar

    Ko'rinish:

    Shrift hajmi:

  • Mobil versiya
  • Sayt xaritasi
SHU YERDA QIDIRISH SO'ZINI YOZING

Jidu huzuridagi Diplomatik akademiyada O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi xodimlari uchun tashkillashtirilgan ikki haftalik kurs yakunlandi

Jidu huzuridagi Diplomatik akademiyada O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi xodimlari uchun tashkillashtirilgan ikki haftalik kurs yakunlandi

news

2024-yil 22-yanvardan 3-fevralgacha JIDU huzuridagi Diplomatik akademiyada O'zbekiston Respublikasi mudofaa vazirligi qo'mondonlik tarkibi ofitserlari uchun ikki haftalik "O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosati asoslari, diplomatik protokol, odob-axloq qoidalari va muzokaralar jarayoni" kursi tashkil etildi.

 

O'quv jarayonida talabalar diplomatik protokol va odob-axloq qoidalari asoslari, ishbilarmonlik yozishmalarini o'tkazish nazariyasi va amaliyoti, diplomatik qabullarni tashkil etish, muzokaralar olib borish, shuningdek, turli darajadagi rasmiy tashriflarda protokol tadbirlari dasturlarini tayyorlash metodikasi kabi sohalarda nazariy va amaliy ko'nikmalarni o'zlashtirdilar.

 

2024-yil 3-fevral kuni kursning barcha tinglovchilariga O'zbekiston Respublikasi TIV JIDU huzuridagi Diplomatik akademiyaning qisqa muddatli kurslarini tamomlaganlik to'g'risidagi sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.