28-mart sanasida amerikalik siyosatchi, Respublikachilar partiyasi a'zosi va AQShning Montana shtatidan senator Stiven Deyns Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universitetiga tashrif buyurdi.
Mexmonni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Solixovich Safoev kutib oldi va keng auditoriya qarshisida qizg'in muloqot olib borildi. Tinglovchilar tomonidan o'zlarini qiziqtirgan savollar taqdim etilib, batafsil javob olindi. Xususan, AQShning Nufuzli universitetlaridan biri, Montana universiteti bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish masalalari kelishib olindi.
Tadbirda JIDU va JIDU huzuridagi Diplomatik akademiya xodimlari hamda talabalar qatnashishdi.