• Maxsus imkoniyatlar

    Ko'rinish:

    Shrift hajmi:

  • Mobil versiya
  • Sayt xaritasi
SHU YERDA QIDIRISH SO'ZINI YOZING

JIDU HUZURIDAGI DIPLOMATIK AKADEMIYADA O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI ISHLAR VAZIRLIGI XODIMLARI UCHUN TASHKILLASHTIRILGAN QISQA MUDDATLI KURS YAKUNLANDI

JIDU HUZURIDAGI DIPLOMATIK AKADEMIYADA O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI ISHLAR VAZIRLIGI XODIMLARI UCHUN TASHKILLASHTIRILGAN QISQA MUDDATLI KURS YAKUNLANDI

news

2024-yil 26-apreldan 4-maygacha JIDU huzuridagi Diplomatik akademiyada O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xodimlari qisqa muddatli "O'zbekistonning  yangilangan tashqi siyosati, zamonaviy diplomatiyada “Yumshoq kuch”, diplomatik protokol va etiket" kursi tashkil etildi.

 

O'quv jarayonida tinglovchilar diplomatik protokol va odob-axloq qoidalari asoslari, ishbilarmonlik yozishmalarini o'tkazish nazariyasi va amaliyoti, diplomatik qabullarni tashkil etish, muzokaralar olib borish, shuningdek, turli darajadagi rasmiy tashriflarda protokol tadbirlari dasturlarini tayyorlash metodikasi kabi sohalarda nazariy va amaliy ko'nikmalarni o'zlashtirdilar.

 

2024-yil 6-may kuni kursni muvoffaqiyatli tugatgan barcha tinglovchilariga O'zbekiston Respublikasi TIV JIDU huzuridagi Diplomatik akademiyaning qisqa muddatli kurslarini tamomlaganlik to'g'risidagi sertifikatlar topshirildi.