2024-yil 23-iyulda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda JIDU huzuridagi Diplomatik akademiya talaba va magistrantlarining bitiruv kechasi tantanali ravishda bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi binosida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, JIDU huzuridagi Diplomatik akademiya rahbariyati hamda O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan xorijiy mamlakat elchilari ishtirok etishdi.
Tantanani O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori S.Safoyev va Tashqi ishlar vazirning birinchi o‘rinbosari B.A’loyev tabrik so‘zlari bilan ochib berishdi va bitiruvchilarni tabriklab diplom va sertifikatlar topshirishdi.