• Maxsus imkoniyatlar

    Ko'rinish:

    Shrift hajmi:

  • Mobil versiya
  • Sayt xaritasi
SHU YERDA QIDIRISH SO'ZINI YOZING

Diplomatik akademiyada O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xodimlari uchun malaka oshirish kursi yakuniga yetdi

Diplomatik akademiyada O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xodimlari uchun malaka oshirish kursi yakuniga yetdi

news

2025-yil 26-maydan 9-iyungacha JIDU huzuridagi Diplomatik akademiyada O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xodimlari uchun qisqa muddatli “Oʻzbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyati asoslari. Diplomatik protokol, etiket va muzokaralar jarayoni” mavzudagi malaka oshirish va qayta tayyorlash kursi tashkil etildi.

Diplomatlarning o‘quv jarayoniga respublika va JIDUning yetakchi mutaxassislari jalb etildi. Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar diplomatik protokol, etiket, xizmat yozishmalari yuritish, diplomatik qabul marosimlarini tashkil etish, muzokaralar olib borish hamda turli darajadagi rasmiy tashriflar doirasida protokol tadbirlari dasturlarini tayyorlash bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni egalladilar.

2025-yil 14-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi TIV JIDU huzuridagi Diplomatik akademiyaning o‘qish jarayonini muvoffaqiyatli tugatgan barcha tinglovchilariga qisqa muddatli kurslarini tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikatlar topshirildi.