Hindistonning Veer Arjun gazetasida JIDU huzuridagi Diplomatik akademiya direktori, professor A.Xaydarovning “Hindiston mustaqil taraqqiyot yo‘lida: milliy tiklanishdan global hamkorlik sari” nomli maqolasi chop etildi.
Maqolada Hindistonning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishining muhim jihatlari, mamlakatning zamonaviy xalqaro munosabatlardagi o‘rni, shuningdek, xalqaro hamkorlikni kengaytirish istiqbollari tahlil qilingan.
Ayniqsa, Hindistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro hamkorligini mustahkamlash hamda siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-ta’limiy va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli sheriklikni yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Mazkur nashr xalqaro hamkorlik masalalariga bo‘lgan qiziqishning ortib borayotganini aks ettirib, O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi akademik hamda ekspertlik aloqalarini kengaytirishga xizmat qiladi.