2026-yil 24-sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Markaziy Osiyo - Yaponiya” tahliliy markazlar forumining ikkinchi kuni bo‘lib o‘tdi. Forum “Markaziy Osiyo va Yaponiya taraqqiyoti hamda hamkorligi bo‘yicha umumiy qarashlarni ilgari surish” mavzusiga bag‘ishlandi.
Nufuzli xalqaro ekspertlar forumida Markaziy Osiyo davlatlari, Yaponiya va Ozarbayjonning yetakchi tahliliy markazlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, davlat va biznes doiralari vakillari, olimlar hamda ekspertlar ishtirok etdi. Forumda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatik akademiya vakili ham qatnashdi.
Tadbir davomida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Yaponiya o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari, xususan, transport va raqamli o‘zaro bog‘liqlikni rivojlantirish, yangi texnologiyalar va sun’iy intellekt, ta’lim, gumanitar aloqalar hamda ekspertlar muloqotini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Forum yakunida ishtirokchilar mintaqalararo ekspertlik va akademik hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot tashabbuslari va ta’lim loyihalarini rivojlantirish muhimligini ta’kidladilar.