Hurmatli Vatan himoyachilari!
Sizni Diplomatik Akademiya nomidan Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklaymiz! Bu kun yurtimizga jasorat va fidoyilik timsoli. Davlatimiz xavfsizligi va barqarorligini ta’minlayotgan fidokorona mehnatingiz uchun samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Sizning kasbiy mahoratingiz, matonatingiz va O‘zbekistonning yorug‘ kelajagiga ishonchingiz doimo tinchlik va farovonlik uchun ishonchli tayanch bo‘lsin. Sizga sihat-salomatlik, baxt-saodat va Vataningizga xizmat qilishda muvaffaqiyatlar tilaymiz.