2026-yil 9-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatik akademiyada Vengriya diplomatik akademiyasi rahbariyati bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuv ikki davlat diplomatik ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni muhokama qilishga qaratildi. Tomonlar diplomatik kadrlar tayyorlash, ta’lim dasturlari va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, tomonlar hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum loyihasini ishlab chiqish, qo‘shma seminarlar, treninglar hamda diplomatlar uchun akademik almashinuv dasturlarini tashkil etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar aniq yo‘nalishlar bo‘yicha muloqotni davom ettirish, jumladan qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, ta’lim kurslarini ishlab chiqish, tajriba almashish dasturlarini amalga oshirish hamda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan kelgusida aloqalarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.