Isroil delegatsiyasi bilan uchrashuv haqida
Joriy yilning 28-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatik akademiyada Isroilning O‘zbekistondagi elchisi Z. Ben Hillel, Isroil TIV diplomatik kadrlar tayyorlash Byurosi Direktori R.Gerstenfeld va bir guruh tinglovchilar bilan elchixonada diplomatik vakolatxonalar xodimlari sifatida uzoq muddatli xizmat safarlariga yuborilishidan oldin amaliy ish tajribasini oshirish uchun uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda Isroil tomoniga Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatik akademiya faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
Uchrashuvda Isroil elchisi respublikaning faol tashqi siyosati va mintaqadagi yetakchi rolini qayd etib, Diplomatik akademiya bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
Diplomatik kadrlar tayyorlash va diplomatik kurslarni rivojlantirish Byurosi Direktori R.Gerstenfeld tizimli asosda tajriba almashish muhimligini, buning uchun hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yaxshi asos bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.
Isroil delegatsiyasining Diplomatik akademiyasida bo‘lish chog‘ida JIDU doktorantlari bilan erkin muloqot tarzida uchrashuv ham tashkil etildi. Unda isroillik tinglovchilar o’zlarining diplomatiya sohasiga olib kelgan tajribalari bilan qisqacha o‘rtoqlashdilar.
JIDU doktorantlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda elchi Z. Ben Hillel Markaziy Osiyo davlatlari bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar doirasida 30 yoshgacha bo'lgan mintaqa davlatlarining o'ttiz vakili uchun Isroilga bir hafta muddatga tashrif buyurishni tashkil etish loyihasi amalga oshirilayotganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, bo’lib o’tgan tadbir ishtirokchilari ushbu tashabbusni qabul qiluvchilariga aylanishi mumkinligiga umid bildirilganini ma'lum qildi.