Joriy yilning 21 dekabr kuni JIDU huzuridagi Diplomatik akademiya Maxsus fanlar kafedrasi mudiri, tarix fanlari nomzodi A.Xashimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hududiy bo‘linmalari rahbarlari uchun "Chinobod Plaza" mehmonxonasi majlislar zalida "Muzokaralar, diplomatik protokol va odob-axloq qoidalari" mavzusida o‘quv-trening mashg‘ulotini o‘tkazdi. O‘tgan ma’ruza ishtirokchilar orasida katta qiziqish uyg‘otdi.