• Maxsus imkoniyatlar

    Ko'rinish:

    Shrift hajmi:

  • Mobil versiya
  • Sayt xaritasi
SHU YERDA QIDIRISH SO'ZINI YOZING

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xodimlari va ularning oila a’zolari uchun o‘quv kurslari yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xodimlari va ularning oila a’zolari uchun o‘quv kurslari yakunlandi

news

2025-yil 22-sentabrdan 4-oktabrgacha Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatik akademiyada O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xodimlari va ularning oila a’zolari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

Malaka oshirish jarayoniga JIDU va Diplomatik akademiyaning yetakchi mutaxassislari, shuningdek, Hindistonning yetakchi ta’lim muassasasi — MERI Group of Institutions vakillari taklif etildi.

O‘quv jarayonida tinglovchilar diplomatik protokol va etiket asoslari, xizmat yozishmalarini yuritish nazariyasi va amaliyoti, diplomatik qabullarni tashkil etish, muzokaralar olib borish, shuningdek, turli darajadagi rasmiy tashriflar davomida protokol tadbirlari dasturlarini tayyorlash metodikasi kabi yo‘nalishlarda nazariy va amaliy ko‘nikmalarni egalladilar. “MERI Group of Institutions” professori-o‘qituvchilari “Raqamli diplomatiya” mavzusida bir turkum ma’ruza o‘qib berdilar.

O‘qishni muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga Diplomatik akademiyaning qisqa muddatli kurslarini tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikatlar topshirildi.