Respublika oliy ta’lim muassasalarining rektorlari uchun “Oʻzbekiston Respublikasi tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyati asoslari” kursi
Ushbu kursning davomiyligi 2 hafta. Kursning maqsadi oliy oʻquv yurtlari rektorlarining malakasini oshirish hisoblanadi. Kursning asosiy mavzulari: Oʻzbekiston tashqi siyosati va diplomatiyasi, Oʻzbekiston iqtisodiyoti, ishbilarmonlik protokoli va etiketi, biznes muzokaralari va boshqa masalalar.