Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi xodimlari uchun
"Ishchanlik protokoli va etiket" oʻquv trening kursi
Ushbu kursning davomiyligi 18 soat. Kursning maqsadi Prezident Administratsiyasi xodimlarining xalqaro munosabatlar sohasidagi malakasini oshirishdan iborat. Kurs dasturida muzokaralar olib borish jarayoni, ishchan protokoli va etiketi, ishchan yozishmalari nazariyasi va amaliyoti, shuningdek, xorijiy mamlakatlarda qabul qilingan etiket va xatti-harakatlar madaniyati kabi mavzular mavjud.