2026-yil 18-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatik akademiyada Fransiya Diplomatik akademiyasi rahbari, janob Didye Le Bre boshchiligidagi delegatsiya bilan ilk onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuv ikki davlat diplomatik ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni muhokama qilishga qaratildi.
Uchrashuv davomida tomonlar diplomatik kadrlarni tayyorlash, ta’lim dasturlari, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari hamda xalqaro munosabatlar sohasidagi zamonaviy tendensiyalar yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, tomonlar hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum loyihasini ishlab chiqishga kirishish, talaba va tinglovchilar uchun qo‘shma seminarlar, treninglar hamda akademik almashinuv dasturlarini tashkil etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Uchrashuv yakunida aniq yo‘nalishlar bo‘yicha muloqotni davom ettirish, jumladan, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, ta’lim kurslarini ishlab chiqish va tajriba almashish dasturlarini amalga oshirish, shuningdek, muhokama qilingan masalalar yuzasidan aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi.