Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida boshqaruv ishlarini samarali tashkil etish hamda tizim tashkilotlari bilan integratsiyani kuchaytirish maqsadida joriy yilning 13-fevral kuni “Statistik va tahliliy ma’lumotlarni sifatli tayyorlash va o‘zaro integratsiyani kuchaytirish” mavzusida Xalqaro hamkorlik va reytinglar boshqarmasi hamda Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish va innovatsiyalarni joriy etish departamenti boshchiligida o‘quv amaliy seminari o‘tkazildi.
Seminarda Tashqi ishlar vazirligi, Investiyalar, sanoat va savdo vazirligi Jaxon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti, vazirlik tizim tashkilotlari hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi va viloyatlar Qishloq xo‘jaligi boshqarmalaridan 50 ga yaqin xodim ishtirok etdi.
Seminarda iqtisodiy diplomatiya, xalqaro tashkilot va idoralar bilan Bitim va Memorandumlarni tuzilish tartibi, Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha amalaga oshiriladigan chora-tadbirlarni belgilash tartibi, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi vakolatxonalar bilan ishlash tartibi, Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha amalaga oshiriladigan chora-tadbirlarni belgilash tartibi, innovatsiyalarni qishloq xo‘jaligi tizimiga jalb etish yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.
Seminar bir qator mavzuga aloqador ma’ruzalar bilan o‘zini qamrab olib, ishtirokchilar ichida katta qiziqish uyg‘otdi.
Jumladan, Investiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Jidu mas’ullari tomonidan investorlar bilan diplomatik tarzda muloqotlar, xalqaro xujjatlarni tuzish jarayonida qo‘yilayotgan xatolarni bartaraf etish, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini ko‘tarish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash uchun eksportni kengaytirish masalalari yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini bildirdi.