2026-yil 14-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida hind tili bo'yicha notiqlik san’ati tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tadbir hind tili bayrami munosabati bilan tashkil etildi.
Tanlovni JIDU rektori S.Safoyev ochib berdi. Unda Hindistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Smita Pant xonim, elchixona xodimlari, professor-o‘qituvchilar hamda universitet talabalari ishtirok etdi.
Tadbir davomida talabalar hind tilida o‘z bilimlari va og‘zaki nutq mahoratlarini namoyish etdilar. Tanlov yakuniga ko‘ra eng yaxshi ishtirokchilar aniqlanib, ular Smita Pant xonim tomonidan taqdirlandi.
Mazkur tanlov talabalarning xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan chuqur qiziqishini ifodalab, O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.