• Maxsus imkoniyatlar

    Ko'rinish:

    Shrift hajmi:

  • Mobil versiya
  • Sayt xaritasi
SHU YERDA QIDIRISH SO'ZINI YOZING

Yangiliklar

news

publications

03.07.2026

250

Oʻzbekiston Prezidenti Gruziyaning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Tbilisi shahridagi tadbirlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Gruziyaning oliy davlat mukofoti – “Oltin moʻyna” ordeni bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston – Gruziya koʻp qirrali munosabatlarini rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun davlatimiz rahbariga ushbu mukofotni Gruziya Prezidenti Mixail Kavelashvili topshirdi.

Oʻzbekiston yetakchisi Gruziya Prezidenti Mixail Kavelashvili, Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze hamda Parlament Raisi Shalva Papuashviliga yuksak mukofot uchun minnatdorlik bildirib, doʻst Gruziya xalqiga tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladi.

1998-yilda taʼsis etilgan “Oltin moʻyna” ordeni mamlakatning oliy davlat mukofotlaridan biri boʻlib, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni mustahkamlash hamda gruzin madaniyati, ilm-fani va sanʼatini targʻib etish borasidagi alohida xizmatlar uchun beriladi.

Ordenning nomi Oltin moʻyna haqidagi qadimgi yunon afsonasi hamda hozirgi Gruziya hududida joylashgan tarixiy oʻlka – Kolxida bilan bogʻliq.

Turli yillarda mazkur yuksak mukofot bilan Buyuk Britaniya Qirolichasi Yelizaveta II, Iordaniya Podshohi Abdulla II, Germaniya Kansleri Gerxard Shryoder, Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan, Ozarbayjon Prezidenti Haydar Aliyev va boshqalar taqdirlangan.

Shuningdek, davlatimiz rahbari Orbeliani saroyining Faxriy mehmonlar kitobiga samimiy tilaklarini yozib qoldirdi.

news

publications

26.06.2026

413

JIDUda yadro xavfsizligi bo‘yicha Toshkent muloqoti bo‘lib o‘tdi

2026-yil 26-iyun kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Markaziy Osiyoning xavfsiz atom kelajagi: yadroviy qurolni tarqatmaslikdan xavflarni boshqarish sari” mavzusida Yadro qurolidan xoli hudud bo‘yicha Toshkent muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda AQSHning Midllberiy xalqaro tadqiqotlar instituti huzuridagi Jeyms Martin nomidagi Yadro qurolini tarqatmaslik tadqiqotlari markazi hamkorligida tashkil etildi.

Muloqotni JIDU rektori S.Safoyev, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori E.Aripov, Midllberiy xalqaro tadqiqotlar instituti vakili A.Vasilyeva hamda Qozog‘istonning Venadagi xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakili M.Tleuberdi (onlayn) tabrik so‘zlari bilan ochib berdilar.

Muloqot davomida mahalliy va xorijiy ekspertlar yadro qurolini tarqatmaslik rejimini mustahkamlash, tinch atom energetikasini xavfsiz rivojlantirish, yadro va radiologik xavflarni boshqarish, MAGATE bilan hamkorlikni kengaytirish hamda milliy tartibga solish tizimlarini takomillashtirish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, iqlim o‘zgarishining yadro xavfsizligiga ta’siri va Markaziy Osiyoning transport-logistika infratuzilmasi xavfsizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni almashish hamda yadro va radiatsiya xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha samarali mexanizmlarni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.

news

publications

23.06.2026

0

Oʻzbekiston Prezidenti Ozarbayjon elchisini qabul qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-iyun kuni mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Ozarbayjon Respublikasining Favqulodda va Muxtor elchisi Guseyn Guliyevni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari Ozarbayjon elchisining samarali faoliyati hamda ikki mamlakat oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlashga qoʻshgan shaxsiy hissasini alohida qayd etdi.

Oliy va boshqa darajalarda jadal muloqotlar yoʻlga qoʻyildi. Savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishda sezilarli natijalarga erishildi: soʻnggi yillarda oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi karrasiga oshdi, Ozarbayjon sarmoyasi ishtirokida 280 ta korxona tashkil etildi, Qoʻshma investitsiya kompaniyasi taʼsis qilindi.

Ayni paytda geologiya, qishloq xoʻjaligi, transport, shaharsozlik, toʻqimachilik, farmatsevtika va boshqa tarmoqlardagi kooperatsiya loyihalari faol pallaga kirgan.

Madaniy-gumanitar almashinuv sohasida ham muhim dasturlar amalga oshirilmoqda.

Uchrashuv yakunida davlatimiz rahbari elchi Guseyn Guliyevga Oʻzbekiston bilan Ozarbayjon oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarini mustahkamlashga qoʻshgan katta hissasi uchun “Mehnat shuhrati” ordenini topshirdi.

Elchi, oʻz navbatida, uning diplomatik missiyasiga berilgan yuksak baho hamda Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi keng koʻlamli hamkorlik rivojini har tomonlama qoʻllab-quvvatlayotgani uchun mamlakatimiz yetakchisiga chuqur minnatdorlik bildirdi.

news

publications

23.06.2026

457

Oʻzbekiston Prezidenti Ozarbayjon elchisini qabul qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-iyun kuni mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Ozarbayjon Respublikasining Favqulodda va Muxtor elchisi Guseyn Guliyevni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari Ozarbayjon elchisining samarali faoliyati hamda ikki mamlakat oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlashga qoʻshgan shaxsiy hissasini alohida qayd etdi.

Oliy va boshqa darajalarda jadal muloqotlar yoʻlga qoʻyildi. Savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishda sezilarli natijalarga erishildi: soʻnggi yillarda oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi karrasiga oshdi, Ozarbayjon sarmoyasi ishtirokida 280 ta korxona tashkil etildi, Qoʻshma investitsiya kompaniyasi taʼsis qilindi.

Ayni paytda geologiya, qishloq xoʻjaligi, transport, shaharsozlik, toʻqimachilik, farmatsevtika va boshqa tarmoqlardagi kooperatsiya loyihalari faol pallaga kirgan.

Madaniy-gumanitar almashinuv sohasida ham muhim dasturlar amalga oshirilmoqda.

Uchrashuv yakunida davlatimiz rahbari elchi Guseyn Guliyevga Oʻzbekiston bilan Ozarbayjon oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarini mustahkamlashga qoʻshgan katta hissasi uchun “Mehnat shuhrati” ordenini topshirdi.

Elchi, oʻz navbatida, uning diplomatik missiyasiga berilgan yuksak baho hamda Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi keng koʻlamli hamkorlik rivojini har tomonlama qoʻllab-quvvatlayotgani uchun mamlakatimiz yetakchisiga chuqur minnatdorlik bildirdi.

news

publications

23.06.2026

365

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xorijiy investorlar kengashining yalpi majlisidagi nutqi

Hurmatli uchrashuv ishtirokchilari!

Hurmatli Odil Reno-Basso xonim!

Qadrli do‘stlar!

Sizlarni Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yalpi majlisida ko‘rib turganimdan xursandman.

Avvalo, hurmatli Reno-Basso xonim, islohotlarimizni doimiy qo‘llab-quvvatlab kelayotganingiz va Kengash faoliyatidagi samarali raisligingiz uchun sizga chin qalbimdan minnatdorlik bildiraman. Shu bilan birga, bugungi anjumanda qatnashayotgan barcha xalqaro tashkilotlar va xorijiy kompaniyalar rahbarlariga samimiy ehtiromimni izhor etaman.

Hurmatli xonimlar va janoblar!

So‘nggi yillarda Kengash oddiy maslahat mexanizmidan amaliy islohotlar maydoniga, Yangi O‘zbekiston bilan jahon investitsiya hamjamiyati o‘rtasidagi ishonchli ko‘prikka aylandi. Bugun Kengash mustaqil Assotsiatsiya maqomiga ega bo‘lib, tom ma’noda kuchli institut darajasiga ko‘tarildi. O‘tgan bir yil davomida Kengashda ishtirok etayotgan kompaniyalar soni 54 tadan 85 taga yetdi. Ular iqtisodiyotimizning 23 ta tarmog‘ini qamrab olib, ishchi guruhlar faoliyatida bevosita ishtirok etmoqda. Bundan tashqari, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki va Xalqaro moliya korporatsiyasi Kengashning Ijroiya qo‘mitasi tarkibida faoliyat yuritmoqda.

E’tiborli tomoni, barcha a’zolarimizning Kengashdagi faolligi tobora oshmoqda. Bu – mazkur investitsiya platformasiga bo‘lgan yuksak ishonchning yaqqol dalilidir.

Hurmatli kengash ishtirokchilari!

Sizlar bilan o‘tgan yili ham uchrashib, ko‘p masalalarni gaplashib olgan edik. Avvalgi majlisda ilgari surilgan 21 ta tashabbusga aniq yechimlar berildi.

Shuni alohida ta’kidlamoqchiman, investorlarning tashabbuslari davlat siyosatida o‘zining amaliy ifodasini topmoqda. Takliflarning salmoqli qismi asosida normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirdik. Jumladan: Soliq kodeksiga investorlar uchun qulay bo‘lgan o‘zgartirishlar kiritildi; kompaniyalar o‘rtasidagi ichki qarz bitimlari moliya nazoratidan chiqarildi; asosiy vositalarni tezlashtirilgan tartibda amortizatsiya qilish huquqi berildi; xalqaro standartlar asosida hisobot yurituvchi xorijiy shirkatlar uchun ko‘plab majburiy talablar bekor qilindi.

Bundan tashqari, “Muqobil investitsiya jamg‘armalari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Mas’uliyatli biznes yuritish standartlarini joriy etish hamda 16 ta texnik reglamentni xalqaro me’yorlarga muvofiqlashtirish dasturi tayyorlandi.

Shu bilan birga, xorijiy investorlarga teng va adolatli sharoit yaratish bo‘yicha xalqaro majburiyatlarni o‘z zimmamizga olishda yangi qadamlar tashladik. Yaqinda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Xalqaro investitsiyalar va ko‘p millatli korxonalar to‘g‘risidagi deklaratsiyasiga qo‘shilishimizni e’lon qildik. Ushbu yo‘nalishdagi ishlarning mantiqiy davomi sifatida Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilinishi kutilmoqda.

Bularning barchasi – g‘oyalaringiz amaliyotda tatbiq etilayotganiga yorqin dalildir.

Hurmatli Kengash ishtirokchilari!

O‘tgan davrda Kengash huzuridagi ishchi guruhlar tomonidan investorlar uchun 50 dan ortiq foydali yig‘ilishlar o‘tkazildi. Natijada muqobil investitsiya jamg‘armalari, garov qonunchiligi, mas’uliyatli biznes yuritish, professional kadrlar tayyorlash, soliq ma’murchiligi, yer ajratish va energetika kabi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha muammolar xorijiy investorlar hamraisligida atroflicha muhokama qilindi.

Bugungi majlisga tayyorgarlik jarayonida sizlardan 120 ta yangi taklif va tashabbus kelib tushdi. Ularning barchasini batafsil tahlil qilib, yettita ustuvor yo‘nalishga birlashtirdik. Bular: investitsiya muhitini yaxshilash, soliq tizimi, kadastr, energetika, moliya va bank tizimi, korporativ boshqaruv, sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyot masalalaridir.

Ayniqsa, valyuta aylanmasidagi monitoring jarayonlarini yengillashtirish; islomiy sug‘urta, “yashil” kredit, banklarning muammoli aktivlari savdosini yo‘lga qo‘yish kabi yangi moliyaviy mexanizmlarni joriy qilish; korxonalarda atrof-muhit, ijtimoiy mas’uliyat va samarali boshqaruvni o‘z ichiga olgan ESG tamoyillari qo‘llanishini rag‘batlantirish kabi takliflar hozir har qachongidan ham dolzarbdir.

Shu bois, har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ullar belgilanib, aniq yechimlar ishlab chiqildi.

Fursatdan foydalanib, mana shu dolzarb vazifani o‘z zimmasiga olgan ishchi guruhlar hamraislari: “Vision Invest”, “BDO”, “Crowe”, “OTP Group”, “Franklin Templeton”, “Ernst & Young”, “Kosta Legal” va “ACWA Power” kompaniyalari rahbarlariga minnatdorlik bildiraman.

Shuningdek, yil davomida samarali faollik ko‘rsatib, muhim hujjatlar va puxta tashabbuslar tayyorlagani uchun Kengashning barcha a’zolariga alohida tashakkur aytaman.

Hurmatli xonimlar va janoblar!

Endi bevosita muloqotga o‘tsak.

Yil davomidagi tahlillaringiz asosida qanday muammolarni aniqladingiz? Investitsiya muhitini yanada yaxshilash uchun Hukumat nima ishlar qilishi kerak?

Bugun ushbu zalda Hukumat a’zolari – Bosh vazir o‘rinbosarlari va vazirlar ishtirok etmoqda. Sizlarni diqqat bilan tinglashga, har bir muammo va tavsiyani batafsil muhokama qilishga tayyormiz. Ishimizni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha takliflaringiz bo‘lsa, ularni ochiq muloqot ruhida ko‘rib chiqamiz.

Albatta, bugun ko‘tariladigan barcha masalalar umumlashtirilib, majlisimiz yakunlari bo‘yicha yagona “yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi. Bosh vazir o‘rinbosari J.Xo‘jayev va Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Qudratov har chorakda ularning ijrosi bo‘yicha menga shaxsan hisobot berib boradi.

Endi fikr va mulohazalaringizni eshitamiz.

***

Hurmatli do‘stlar!

Bugungi muloqotimiz g‘oyat mazmunli va foydali bo‘ldi. Ayniqsa, amaliy natijaga yo‘naltirilgan takliflaringizdan juda xursand bo‘ldim.

Chin hamkorlarimizning barcha tashabbuslari xalqimiz farovonligi va investitsiya muhitini yaxshilashga xizmat qiladi. Yangi O‘zbekistonda ochiq, barqaror va raqobatbardosh iqtisodiyotni barpo etishga qo‘shayotgan hissangiz biz uchun doim qadrli.

Bu kabi muloqotlarimiz qancha ko‘p bo‘lsa, ishimiz shuncha oldinga ketadi. Barchangizga Kengashimizda ishtirok etganingiz uchun samimiy rahmat aytmoqchiman.

Fursatdan foydalanib, sizlarga mustahkam sog‘liq, professional faoliyatingiz va shaxsiy hayotingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

news

publications

16.05.2026

1272

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiy davlatlar tashkiloti norasmiy sammitidagi nutqi

Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!

Hurmatli sammit ishtirokchilari!

Avvalambor, qadimiy va navqiron Turkiston shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy muloqotini oʻtkazish tashabbusi, barchamizga koʻrsatilayotgan yuksak ehtirom va anʼanaviy mehmondoʻstlik uchun Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti, hurmatli Qasim-Jomart Kemelevich Toqayevga chin dildan tashakkur izhor etaman.

Shuningdek, Tuzilmamizning xalqaro nufuzini mustahkamlash yoʻlida ulkan saʼy-harakatlarni amalga oshirayotgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti, hurmatli Ilhom Haydarovich Aliyevga samarali raisligi uchun samimiy minnatdorlik bildiraman.

Bugungi anjuman musulmon ummatining ulugʻ ayyomi –muborak Qurbon hayiti arafasiga toʻgʻri kelayotganida chuqur ramziy maʼno mujassam. Zero, bizning qadimiy tariximiz, muqaddas dinimiz, madaniy va maʼrifiy ildizlarimiz, azaliy qadriyat va anʼanalarimiz mushtarak.

Goʻzal Turkiston shahri Buyuk ipak yoʻlining muhim savdo va madaniyat markazi hisoblangan. Mazkur zaminda ulugʻ ajdodimiz Xoja Ahmad Yassaviy hazratlari mangu orom topgan. Bu tabarruk kent biz uchun, avvalo, xalqlarimiz birligi va hamjihatligining yorqin timsolidir.

Hurmatli Prezident Qasim-Jomart Kemelevichning xalqimizning qardosh Qozogʻiston eliga doʻstlik tuhfasi sifatida barpo etilgan muhtasham jome masjidi haqida hozir bildirgan samimiy fikrlari uchun rahmat aytmoqchiman.

Qozogʻiston rahbariyatining Turkistonning meʼmoriy qiyofasini tubdan oʻzgartirishga qaratilgan ulkan bunyodkorlik ishlari ushbu koʻrkam maskanni qardosh xalqlarimizning umumiy maʼnaviy markazlaridan biriga aylantirishi shubhasiz.

Hurmatli sammit ishtirokchilari!

Bugungi uchrashuvimiz jahonda turli ziddiyatlar tobora avj olayotgan davrga toʻgʻri kelmoqda. Xalqaro munosabatlarda ishonch taqchilligi yanada kuchayib, global institutlarning oʻrni va taʼsiri borgan sari zaiflashmoqda. Bu muammolar bizdan oʻzaro muloqotlarni faollashtirib, muhim masalalar boʻyicha uygʻun pozitsiyalarni ishlab chiqishni taqozo etmoqda.

Shu nuqtayi nazardan, Turkiy dunyoning integratsiyasi bu xalqlarimiz taqdiriga bevosita daxldor boʻlgan uzoq muddatli strategik masaladir.

Soʻnggi yillarda Turkiy davlatlar tashkiloti barqaror rivojlanish surʼatlarini namoyish etayotgan nufuzli tuzilmaga aylandi. Masalan, 2025-yilda davlatlarimizning umumiy iqtisodiy salohiyati 2,4 trillion dollardan oshdi va uning dinamikasi global oʻsishdan ikki barobar yuqori (6,8 foiz) boʻldi.

Oʻtgan yilning oʻzida Oʻzbekistonning Tashkilot mamlakatlari bilan savdo aylanmasi 14 foizga oʻsdi (11 milliard dollar). Joriy yildan Turkiy investitsiya jamgʻarmasi operatsion faoliyatini boshladi, Markaziy banklar kengashi, Yashil moliyalashtirish boʻyicha Turkiy kengash ishi yoʻlga qoʻyildi.

Bularning barchasi Tashkilotimizning institutsional jihatdan tobora mustahkamlanib borayotganini yaqqol tasdiqlaydi.

Qadrli doʻstlar!

Oldimizda koʻp qirrali munosabatlarimizga tizimli tus berish boʻyicha dolzarb vazifalar turibdi.

Bugungi sammitning sunʼiy intellekt va raqamli rivojlanish mavzusiga bagʻishlangani bejiz emas. Oʻlkalarimizda yashab, ijod qilgan ulugʻ bobolarimiz – Muhammad Xorazmiy, Ahmad Fargʻoniy, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulugʻbek algoritm, matematika, astronomiya va fizika fanlari ravnaqiga beqiyos hissa qoʻshib, shu tariqa hozirgi sunʼiy intellekt rivoji uchun asos yaratganlar.

Biz ajdodlarimizning ana shunday bebaho merosiga tayanib, bugun Turkiy dunyoning yangi raqamli taraqqiyot davrini barpo etyapmiz. Bu yoʻnalishda hamkorlikni rivojlantirish uchun bir qator tashabbuslarni ilgari surmoqchiman.

Birinchidan, Tashkilotimiz doirasida sunʼiy intellekt sohasida strategik hamkorlik tarmogʻini shakllantirish – bugungi davr talabi.

Mazkur samarali mexanizm orqali biz iqtisodiy oʻsishning yangi nuqtalarini belgilash, bulutli va kvant hisoblash texnologiyalarini rivojlantirish, ochiq va zamonaviy yagona raqamli makonni yaratish imkoniga ega boʻlamiz.

Oʻzbekiston soʻnggi yillarda xorijiy investorlar bilan data markazlar yaratishga 6 milliard dollar sarmoya jalb etmoqda. Biz mintaqadagi data markazlarini yuqori tezlikdagi aloqa kanallari bilan bogʻlaydigan “Raqamli turkiy koridor konsepsiyasi”ni ishlab chiqishni taklif etamiz. Mazkur sohadagi amaliy aloqalarimizni yanada kuchaytirish maqsadida Toshkent shahrida aʼzo davlatlar ishtirokida Texnologiyalar forumini oʻtkazishni reja qilganmiz.

Ikkinchidan, ilm-fan, taʼlim va yoshlar masalalarida hamkorlikni chuqurlashtirish – umumiy maqsadimiz.

Ilmiy-maʼnaviy merosni puxta oʻrganish va targʻib etish uchun Toshkent shahrida barpo etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi mintaqaviy yirik ilmiy-maʼrifiy maskanga aylanib bormoqda. Shu kunlarda majmuada TURKSOYning ofisi ochilganini olqishlaymiz. Ushbu markaz TURKSOY va Turkiy akademiya bilan tarixiy-madaniy manbalarimizni yagona “katta maʼlumotlar” platformasiga jamlasa, xalqlarimiz uchun foydali ish boʻlar edi.

Shu bilan birga, Yassaviy tariqatining bagʻrikenglik va maʼrifatparvarlik gʻoyalarini hamkorlikda chuqur oʻrganish hamda keng targʻib etishni taklif qilamiz.

Xabaringiz bor, shu yil Xiva shahriga “Turkiy dunyo yoshlari poytaxti” maqomi berildi. Bu qaror, ayniqsa, oʻgʻil-qizlarimizga kuchli motivatsiya bagʻishladi. Tadbirlar doirasida Yosh liderlar forumi va Xalqaro yoshlar festivalini oʻtkazishga tayyormiz.

Aytish joizki, biz shiddat bilan oʻzgarayotgan zamon talablariga mos va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash maqsadida “5 million sunʼiy intellekt yetakchilari” dasturini amalga oshiryapmiz. Hozirga qadar mazkur loyiha orqali 1 milliondan ortiq oʻgʻil va qizlarimiz boshlangʻich koʻnikmalarga ega boʻldi.

Yoshlarning istiqbolli startaplari, innovatsion ishlanmalari, sunʼiy intellektga asoslangan turli yechimlarini moliyalashtirish uchun biz Qozogʻiston bilan tuzayotgan Qoʻshma venchur jamgʻarmasiga Tashkilotning barcha aʼzolarini qoʻshilishga chorlaymiz.

Uchinchidan, transport bogʻliqligini yaxshilash uchun raqamli logistika platformalarini yaratish va integratsiya qilish dolzarb ahamiyatga ega.

Shu oʻrinda Oʻzbekiston va Tashkilotga aʼzo barcha davlatlar oʻrtasida “E-Permit” elektron ruxsatnomalar tizimi toʻliq ishga tushirilganini katta mamnuniyat bilan taʼkidlamoqchiman. Oʻrta koridorning strategik rolidan kelib chiqib, biz uni ayni paytda qurilayotgan “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli bilan bogʻlashga katta eʼtibor qaratamiz.

Chegaralarda bojxona va tranzit tartib-taomillarini yengillashtirish boʻyicha imzolangan Soddalashtirilgan bojxona yoʻlagi haqidagi bitimni hayotga tatbiq etish hamda maʼlumotlar almashuvini toʻliq raqamlashtirishimiz zarur. Bu logistika zanjirlari boʻylab maʼlumotlar uzatish, yuklarni kuzatish va jarayonlarni uygʻun holda tashkil etish imkonini beradi.

Toʻrtinchidan, ekologik muammolar va iqlim oʻzgarishi davlatlarimizdan muvofiqlashtirilgan harakatlarni amalga oshirishni talab etmoqda.

Bu kabi muammolarga samarali yechim topish uchun sunʼiy yoʻldosh maʼlumotlari asosida Turkiy davlatlar tashkiloti iqlim xatarlarini monitoring qilish tizimini yaratish muhim. Bunda qurgʻoqchilikni barvaqt aniqlash, tuproqning yemirilishi va muzliklarning erishi bilan bogʻliq holatni doimiy kuzatib borish, transchegaraviy suv resurslarini boshqarish sohasiga sunʼiy intellektni joriy etishga eʼtibor qaratish lozim.

Toshkentdagi Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universitetida Turkiy davlatlar yoshlari uchun 2026-2027-oʻquv yillarida 50 ta grant ajratildi. Yoshlarimizni ushbu imkoniyatdan unumli foydalanishga chaqiramiz.

Ekologiya masalalariga eʼtiborni yanada kuchaytirish maqsadida Tashkilotimiz doirasida 2027-yilni “Tabiatni asrash yili” deb eʼlon qilishni taklif etamiz.

Fursatdan foydalanib, sizlarni joriy yilda Samarqandda oʻtadigan Global ekologik jamgʻarma assambleyasida va Suvni tejash boʻyicha Butunjahon forumida faol ishtirok etishga chaqiraman.

Yana bir masala. Terrorizm, ekstremizm va yot oqimlarga qarshi kurashda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar oʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytirishdan manfaatdormiz. Bu jarayonda kiberxavfsizlik sohasidagi aloqalarni kengaytirish va zamonaviy mutaxassislar tayyorlash, tezkor axborot almashish dolzarb ahamiyatga ega.

Yangi tahdidlarni aniqlash va ularning oldini olish uchun turkiy dunyo doirasida yagona xavfsizlik va ishonch makonini yaratishimiz lozim. Bu borada umumiy mexanizm – Kiberxavfsizlik va raqamli infratuzilmani himoya qilish boʻyicha Turkiy alyansni tuzish tashabbusini ilgari suraman.

Shuningdek, sunʼiy intellektdan foydalanishda etika va axloq meʼyorlariga qatʼiy rioya qilish, ayniqsa, muhim. Joriy yilda Samarqand shahrida oʻtkaziladigan Tashkilot tashqi ishlar vazirlari va maxsus xizmatlar rahbarlarining qoʻshma uchrashuvida bu masalalarga alohida eʼtibor qaratish maqsadga muvofiq.

Qadrli doʻstlar!

Ulugʻ ajdodimiz Ahmad Yassaviy hazratlarining “Devoni hikmat” asarida birdamlik va ahillik borasida taʼkidlagan quyidagi satrlari bugungi kunda yanada teranroq namoyon boʻlmoqda:

Turkiy elga mehr qildim,

Birlik yoʻlin haq deb bildim.

Biz yangi davrda davlatlarimizning intellektual salohiyati va bunyodkorlik qudratini birlashtira olsak, hech shubhasiz, turkiy dunyo ilgʻor yechimlar, barqaror taraqqiyot makoniga aylanadi.

Asosiy maqsadimiz – farzandlarimizga nafaqat buyuk tariximizni, balki kelajak avlodlarimiz ham faxrlansa arziydigan bebaho merosni qoldirishdir.

Bugun qabul qilinadigan Turkiston deklaratsiyasi tili va dili bir-biriga chambarchas bogʻlangan xalqlarimizning ezgu niyatlarini yanada mustahkamlab, “Turkiy dunyo nigohi – 2040” konsepsiyasida belgilangan yuksak maqsadlarga erishish yoʻlida navbatdagi muhim qadam boʻladi deb ishonaman.

news

publications

16.05.2026

1266

JIDU huzuridagi Diplomatik akademiya va O‘zbekiston Respublikasi TIV EXHTning O‘zbekistondagi Loyihalari koordinatori ofisi va Markaziy Osiyo davlatlari Diplomatik akademiyalari bilan Markaziy Osiyoning yangi rivojlanish paradigmasini muhokama qildi

2026-yil 14-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatik akademiyada EXHTning O‘zbekistondagi Loyihalari koordinatori ofisi bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo: mintaqaviy rivojlanishning yangi paradigmasi” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon diplomatik akademiyalari rahbarlari, BMTning Markaziy Osiyo uchun Preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi (UNRCCA), Finlandiya xalqaro munosabatlar instituti (FIIA), diplomatik korpus, fuqarolik jamiyati vakillari, shuningdek, yetakchi mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirok etdi.

Konferensiya ishtirokchilariga BMT Bosh kotibining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, UNRCCA rahbari Kaha Imnadze tabrik so‘zi bilan murojaat qildi. Tadbirda Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maslahatchi o‘rinbosari, Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori Javlon Vahobov, Turkiya Respublikasi madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Serdar Cham va boshqalar ma’ruza qildi.

Konferensiya davomida mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, transport o‘zaro bog‘liqligi, energetik barqarorlik, iqlim va gumanitar xavfsizlik masalalari muhokama qilindi. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlariga mintaqada ishonchni mustahkamlash va dolzarb rivojlanish masalalari bo‘yicha umumiy yondashuvlarni muvofiqlashtirishning muhim mexanizmi sifatida alohida e’tibor qaratildi.

Ishtirokchilar Markaziy Osiyoning xalqaro munosabatlarning mustaqil subyekti sifatidagi roli ortib borayotganini, shuningdek, gumanitar, ilmiy-ta’limiy hamkorlik va akademik mobillikni kengaytirish muhimligini ta’kidladilar.

Konferensiya yakunida ishlab chiqilgan tavsiyalar va fikr almashinuvi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda Markaziy Osiyoni barqarorlik va izchil rivojlanish makoni sifatida ilgari surishga xizmat qilishi qayd etildi.

news

publications

14.05.2026

578

29-Yevroosiyo iqtisodiy sammiti ishtirokchilariga

Hurmatli sammit ishtirokchilari!

Xonimlar va janoblar!

Yevroosiyo iqtisodiy sammitining barcha ishtirokchilarini samimiy qutlash va eng ezgu tilaklarimni yoʻllashdan bagʻoyat mamnunman.

Oʻtgan oʻn yillar davomida Sammit yetakchi siyosatchilar, ishbilarmon doiralar va ekspertlar hamjamiyati vakillarini birlashtirgan muhim muloqot maydoni sifatida oʻzini namoyon etdi.

Anjumanning Istanbulda oʻtkazilishi alohida ramziy maʼnoga ega. Asrlar davomida bu betakror shahar Yevropa va Osiyo oʻrtasida koʻprik boʻlib, mintaqalararo madaniy va savdo-iqtisodiy aloqalar rivojiga beqiyos hissa qoʻshib keladi.

Bugungi kunda zamonaviy Turkiyada Prezident Rejep Tayyip Erdogʻanning “Turkiya asri” strategik gʻoyasi muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganini alohida mamnuniyat bilan taʼkidlashni istar edim.

Turkiya global kun tartibidagi dolzarb muammolarni samarali hal etish yoʻlida oʻz saʼy-harakatlarini toʻliq safarbar etib, xalqaro munosabatlarning ishonchli va nufuzli ishtirokchisi sifatida taʼsiri ortib bormoqda.

Prezident Erdogʻanning qatʼiy intilishlari tufayli bugun Oʻzbekiston va Turkiya munosabatlari keng koʻlamli strategik sheriklik darajasiga koʻtarildi.

Davlatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlikning eng ustuvor yoʻnalishlari Yevroosiyo iqtisodiy sammitining asosiy maqsadlari – teng huquqlilik, ishonch va oʻzaro hurmatga asoslangan keng qamrovli sheriklik va barqaror taraqqiyot tamoyillariga toʻla mos keladi.

Hurmatli anjuman qatnashchilari!

Bu galgi Sammitning asosiy mavzularidan biri sifatida suv tanqisligi va “yashil” resurslar sharoitida global masʼuliyat masalasi bugungi kunda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Dunyo tobora avj olayotgan iqlim xavf-xatarlariga, xususan, choʻllanish, tuproq yemirilishi, suv tanqisligi va ekologik vaziyat yomonlashuviga duch kelmoqda.

Markaziy Osiyoda ushbu jarayonlar ayniqsa keskin namoyon boʻlyapti: harorat oshish surʼatlari koʻrsatkichi jahon miqyosidagi oʻrtacha meʼyorlardan yuqori boʻlib, muzliklar yemirilmoqda, tuproq degradatsiyasi kuchaymoqda.

Bunday sharoitda ekologik barqarorlikni taʼminlash Yangi Oʻzbekistonni taraqqiy ettirishning eng ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi.

“Yashil makon” loyihasi doirasida har yili 200 million tup daraxt ekilmoqda, Orol dengizining qurigan tubida esa ulkan yashil himoya maydonlari yaratilmoqda.

Biz rivojlanishning yashil modeliga izchillik bilan oʻtmoqdamiz, bu jarayonda zararli chiqindilar hajmini 35 foizga qisqartirib, 2035-yilga qadar ularni 50 foizgacha kamaytirishni maqsad qilib olganmiz.

Shu bilan birga, suv resurslarini samarali boshqarish, jumladan, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu esa har yili katta miqdorda suv zaxiralarini tejash imkonini beradi.

Oʻzbekiston bundan buyon ham “yashil” kun tartibini faol ilgari surish hamda global ekologik xavflarni samarali hal etish yoʻllarini topishga hissa qoʻshishni faol davom ettiradi.

Shu munosabat bilan sizlarni mamlakatimizdagi xalqaro tadbirlarda, xususan, Samarqandda boʻlib oʻtadigan Global ekologik jamgʻarma Assambleyasida va Suvni tejash boʻyicha butunjahon forumida ishtirok etishga taklif etaman.

Ishonchim komil, birgalikda amalga oshiriladigan saʼy-harakatlarimiz xalqaro iqlim hamkorligi kun tartibiga, jumladan, BMTning iqlim oʻzgarishi boʻyicha boʻlajak konferensiyasiga tayyorgarlik jarayoniga amaliy hissa qoʻshadi.

Qadrli tadbir ishtirokchilari!

Oʻzbekiston keng koʻlamli hamkorlik uchun doim ochiq va kelgusida ham barqaror rivojlanishni taʼminlashga koʻmaklashishga tayyor.

Biz barcha saʼy-harakatlarimizni birlashtirgan holdagina bugungi va kelgusi avlodlar uchun farovon kelajakni taʼminlay olamiz.

Sammit qatnashchilari faoliyatiga omad va katta amaliy natijalar yor boʻlishini tilayman.

Eʼtiboringiz uchun tashakkur.

 

Shavkat Mirziyoyev,

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

news

publications

11.05.2026

1022

O‘zbekiston Prezidenti G‘alabaning 81 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-may kuni Moskva shahrida Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 81 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi.

Qizil maydonda G‘alaba paradi bo‘lib o‘tdi. Unda Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Laos Prezidenti Txonglun Sisulit, Malayziya Podshohi Sulton Ibrohim va boshqa xorijiy delegatsiyalar rahbarlari ham qatnashdi.

Ikkinchi jahon urushidagi G‘alaba millionlab insonlarning mislsiz jasorati, matonati va fidoyiligi evaziga qo‘lga kiritilgan buyuk tarixiy voqeadir. Bu umumiy G‘alabaga janggohlarda va front ortida chinakam qahramonlik ko‘rsatgan O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqining ham munosib hissasi bor.

Urush arafasida respublikamiz aholisi 6 million nafardan ziyod edi. Sinovli yillarda qariyb 2 million nafar o‘zbekistonlik frontga safarbar etildi. Qonli janglarda 538 mingdan ortiq yurtdoshimiz halok bo‘ldi, 158 mingdan ziyodi bedarak yo‘qoldi.

Jasorati, mardligi va harbiy mahorati uchun O‘zbekistonning 214 mingdan ortiq askar va ofitserlari jangovar orden va medallar bilan taqdirlandi. 301 nafar yurtdoshimizga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berildi, yana 70 nafari “Shon-sharaf” ordenining to‘liq kavaleri bo‘ldi.

O‘zbekiston xalqining front ortidagi fidokorona mehnati ham G‘alabaga ulkan hissa bo‘lib qo‘shildi. Respublikamiz frontning ishonchli tayanchiga aylanib, oziq-ovqat, kiyim-kechak, dori-darmon, qurol-yarog‘ va boshqa zarur mahsulotlarni yetkazib berdi. Qisqa muddatda O‘zbekiston hududida 170 dan ortiq evakuatsiya qilingan korxona joylashtirilib, mudofaa sanoatining barqaror ishlashi ta’minlandi.

Urushning og‘ir yillarida xalqimiz insonparvarlik va bag‘rikenglikning yuksak namunasini ko‘rsatdi. Frontga yaqin hududlardan evakuatsiya qilingan 1,5 milliondan ortiq inson, jumladan, 250 mingdan ziyod yetim bolalar O‘zbekistonda boshpana topdi. Mehr-oqibat, g‘amxo‘rlik, nochorlarga yordam qo‘lini cho‘zishga hamisha tayyorlik xalqimizning ma’naviy kuch-qudrati va olijanobligining yorqin ifodasi bo‘ldi.

Bugun mamlakatimizda urush qahramonlari va front orti mehnatkashlarining xotirasini abadiylashtirish, faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Toshkent shahrida barpo etilgan muhtasham “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi ajdodlar ko‘rsatgan qahramonlik va matonatga chuqur ehtirom ramziga aylangan.

Parad yakunlanganidan so‘ng O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va boshqa yetakchilar bilan birga Moskvadagi Aleksandr bog‘ida joylashgan Noma’lum askar qabriga gul qo‘ydi.

Ushbu yodgorlik G‘alaba yo‘lida jon fido qilgan millionlab askarlar, shu jumladan, O‘zbekiston farzandlari xotirasiga ehtirom ifodasi bo‘lib, Vatan himoyachilarining matonati, qahramonligi va fidoyiligi ramzi hisoblanadi.

Marosim bir daqiqalik sukut, faxriy qorovul va harbiy orkestrning tantanali yurishi bilan yakunlandi.

https://ctcertboard.org/ethics/https://ctcertboard.org/reciprocity/rupiahbetrupiahbetrupiahbetrupiahbetrupiahbetrupiahbethttps://www.cms-vaud.ch/asantesana/rupiahbetrupiahbetrupiahbetrupiah betrupiahbetrupiah betrupiahbetrupiah betrupiah betrupiahbetrupiah bethttps://opna.ucr.ac.cr/slot gacorsitus gacorrupiahbetslot gacorrupiahbetrupiahbetrupiahbetrupiahbetrupiahbethttps://www.wittenzellner-kg.de/rupiahbetrupiahbetrupiahbetrupiahbetrupiahbetrupiahbetslot gacorrupiahbetrupiahbetrrupiahbetrupiahbetrupiahbetrupiahbetrupiahbetrupiahbetrupiahbetrupiahbetrupiahbet loginslot gacorslot gacorrupiahbetrupiahbettoto slotrupiahbetrupiahbetrupiahbetrupiahbetslot gacorrupiahbetrupiahbetrupiahbet loginslot gacorrupiahbettoto slotrupiahbetrupiahbetsitus totototo slotrupiahbetrupiahbetrupiahbetrupiahbetrupiahbet loginrupiahbetrupiahbetrupiahbetslot gacorrupiah bethttps://mtech.ihrd.ac.in/rupiahbetrupiahbetrupiahbetrupiahbet loginrupiahbetrupiah betrupiahbetrupiah betrupiahbetrupiahbetrupiahbetrupiahbet loginlucubetrupiahbetrupiahbetrupiahbetslot mahjongrupiahbetrupiahbetrupiahbetrupiahbetrupiah betrupiahbetrupiahbetrupiahbetrupiahbetrupiahbetrupiahbetrupiahbettoto slotsitus totorupiah betrupiahbetrupiahbetrupiahbetberlintotolucubetrupiahbetrupiahbetemototoemototopinangtotopinangtotoslot danaslot danaslot danasbobet 2026https://ctcertboard.org/contact-us/https://mdri.org.vn/news/https://cascap.ihrd.ac.in/contactrupiahbetrupiahbetrupiahbet