• Maxsus imkoniyatlar

    Ko'rinish:

    Shrift hajmi:

  • Mobil versiya
  • Sayt xaritasi
SHU YERDA QIDIRISH SO'ZINI YOZING

Yangiliklar

news

publications

28.02.2024

1055

Afg'oniston Amudaryodan suv olyapti: bu Markaziy Osiyoga qanday tahdid soladi? Video ko'prik

Sputnik Qozog'iston multimedia matbuot markazida Afg'onistonda Qush-tepa kanali qurilishining Markaziy Osiyo va Qozog'istondagi suv ta'minoti bilan bog'liq vaziyatga ta'siri masalasi bo'yicha Ostona-Toshkent video ko'prigi boshlandi.


Afg'oniston Amudaryo daryosining yillik oqimining to'rtdan bir qismini o'z ichiga oladigan Qushtepa kanalini zarba tezligida qazimoqda. Rejalashtirilgan 285 km dan 108 km uzunlikdagi birinchi uchastka allaqachon foydalanishga topshirilgan. Shu bilan birga, Tolibon eskirgan texnologiyalar asosida kanal qurmoqda. Shunga ko'ra, Amudaryodan haqiqiy suv olish rejalashtirilganidan ancha yuqori bo'lishi mumkin.
Bu holat Markaziy Osiyo va Qozog'istondagi suv xo'jaligi faoliyatiga qanday ta'sir qiladi? Bu so'nggi yillarda kam suv bilan bog'liq bo'lgan allaqachon qiyin vaziyatni qanchalik yomonlashtirishi mumkin?
Ushbu kanalning qurilishi Orol dengizi taqdiriga qanday ta'sir qilishi mumkin? Mintaqa mamlakatlari yaqinlashib kelayotgan muammoni hal qilish uchun nima qilishi mumkin? Ushbu va boshqa savollarga uchrashuv ishtirokchilari javob berishadi.


Ma'ruzachilar:


Ostona Shahrida:


Kazkenov Ruslan Kazbekovich, Qozog'istonning "Sharq-G'arb" xalqaro geosiyosiy prognozlash markazining bosh mutaxassisi.


Toshkentda:


Xaydarov Abdusamat Axatovich, O'zbekiston Respublikasi jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi diplomatik akademiya direktori, siyosiy fanlar doktori.

news

publications

22.02.2024

1123

JICA BILAN HAMKORLIK MUSTAHKAMLANMOQDA

Joriy yilning 19-fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida  JICA Chair dasturi doirasida  ushbu xalqaro hamkorlik agentligi O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari janob BITO Yoshibumi va Yaponiyaning mamlakatidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Xatori Takashi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Mehmonlarni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev kutib oldi.

 

Uchrashuv davomida O‘zbekiston-Yaponiya munosabatlarini yanada mustahkamlash istiqbollari, shuningdek, JICA vakolatxonasi va universitet o‘rtasidagi sheriklik aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

 

S.Safoyev Yaponiyaning sifatli davlat boshqaruvini modernizatsiya qilishdagi tajribasi, mamlakatimizning yanada rivojlanishi uchun muhim ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda uzoq yillar davomida Yaponiyaning yetakchi ta’lim muassasalari bilan talabalar almashish dasturlari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda, bundan tashqari, universitetda JICA vakolatxonasi tomonidan yapon tili bo‘yicha volontyor-o‘qituvchilar ham ish yuritadi.

 

O‘z navbatida, JICA O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari BITO Yoshibumi yaqinda ochilgan JIDU huzuridagi Yaponiya ilmiy-tahlil markazi faoliyati uchun rektorga minnatdorlik bildirdi. Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Hatori Takashi Yaponiya Markaziy Osiyo mamlakatlari, jumladan, O‘zbekiston o’rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni, xususan, “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqot platformasi tashabbusi doirasida muhim deb bilishini alohida ta’kidladi.

 

Tomonlar mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash maqsadida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Uchrashuv yakunida JICA Chair tadbirining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. JIDU talabalari oldida Tsukuba universiteti professori Timur Dadabayev “Yaponiya mo‘jizasi: tezkor iqtisodiy o‘sishning institutsional omillari (1955-1975yillar)” mavzusida nutq so‘zladi. Professor “Yaponiya iqtisodiy mo‘jizasi” sifatida tarixga kirgan II Jahon urushidan keyin Yaponiya iqtisodiyotining rivojlanishi haqida gapirdi. Ma’ruza talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Uning yakuniga ko‘ra, professor T.Dadabayev savollarga javob berdi, shundan so‘ng muhokama va fikr almashildi.

news

publications

16.02.2024

1420

Xalqaro munosabatlar, investitsiya va innovatsiyalar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida boshqaruv ishlarini samarali tashkil etish hamda tizim tashkilotlari bilan integratsiyani kuchaytirish maqsadida joriy yilning 13-fevral kuni “Statistik va tahliliy ma’lumotlarni sifatli tayyorlash va o‘zaro integratsiyani kuchaytirish” mavzusida Xalqaro hamkorlik va reytinglar boshqarmasi hamda Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish va innovatsiyalarni joriy etish departamenti boshchiligida o‘quv amaliy seminari o‘tkazildi.

 

Seminarda Tashqi ishlar vazirligi, Investiyalar, sanoat va savdo vazirligi Jaxon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti, vazirlik tizim tashkilotlari hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi va viloyatlar Qishloq xo‘jaligi boshqarmalaridan 50 ga yaqin xodim ishtirok etdi.

 

Seminarda iqtisodiy diplomatiya, xalqaro tashkilot va idoralar bilan Bitim va Memorandumlarni tuzilish tartibi, Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha amalaga oshiriladigan chora-tadbirlarni belgilash tartibi, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi vakolatxonalar bilan ishlash tartibi, Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha amalaga oshiriladigan chora-tadbirlarni belgilash tartibi, innovatsiyalarni qishloq xo‘jaligi tizimiga jalb etish yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.

 

Seminar bir qator mavzuga aloqador ma’ruzalar bilan o‘zini qamrab olib, ishtirokchilar ichida katta qiziqish uyg‘otdi. 

 

Jumladan, Investiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Jidu mas’ullari tomonidan investorlar bilan diplomatik tarzda muloqotlar, xalqaro xujjatlarni tuzish jarayonida qo‘yilayotgan xatolarni bartaraf etish, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini ko‘tarish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash uchun eksportni kengaytirish masalalari yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini bildirdi.

 

news

publications

25.12.2023

1076

O'zbekiston vakili "Hindiston-Markaziy Osiyo" jamg'armasining Maslahat kengashi a’zoligiga saylandi

DЕHLI, 19-dekabr. /"Dunyo" AA/. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatik akademiya direktori Abdusamad Haydarov "Hindiston-Markaziy Osiyo" jamg'armasining (India-Central Asia Foundation - ICAF) Maslahat kengashi a’zoligiga saylandi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Jamg'arma Boshqaruv organining navbatdagi yig'ilishida, shuningdek, Hindistonning O'zbekistondagi elchisi bo'lib faoliyat yuritgan taniqli diplomat Anumula Gitesh Sharma ICAF vitse-prezidenti lavozimiga tasdiqlandi.

 

Mamlakatimizning Dehlidagi elchixonasi "Hindiston-Markaziy Osiyo" jamg'armasi bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o'rnatgan. Xususan, joriy yil iyul oyida Dehli shahrida muddatidan ilgari O'zbekiston Prezidenti saylovi yakunlariga bag'ishlangan "davra suhbati" tashkil etildi.

 

Anjumanda taniqli ekspertlar va tahlilchilar, jumladan, Javaharla’l Neru universiteti, Dehli universiteti, Jamiya Milliya Islamiya universiteti, Indira Gandi nomidagi Milliy ochiq universitet, Mudofaa tadqiqotlari va tahlili instituti, Hindiston ijtimoiy ta’lim instituti, "Vivekenanda International Foundation" yetakchi tahliliy markazi vakillari, O'zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida turli yillarda elchi bo'lib ishlagan diplomatlar, OAV vakillari ishtirok etdi.

 

Sentyabr oyida Hindiston xalqaro markazida buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligiga bag'ishlangan xalqaro konferensiyada buyuk bobokalonimizning ilm-fan sohasidagi faoliyati turli yo'nalishlarni qamrab olgani, insoniyat ilmiy tafakkurining rivojlanishiga katta ta’sir ko'rsatgani hamda bugungi kunda ham buyuk allomaning boy ilmiy merosi xalqaro ko'lamda chuqur va izchil o'rganishda davom ettirilayotgani ta’kidlandi.

 

Jamg'arma vakillari Kashmir universitetida noyabr oyida bo'lib o'tgan xalqaro konferensiyada O'zbekiston va Hindiston o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning tarixi va bugungi holati haqida batafsil ma’lumot taqdim etdi.

 

Elchixona va jamg'arma 2024-yilda ham O'zbekiston hayotida amalga oshirilayotgan yangilanish jarayoni, O'zbekiston-Hindiston serqirra munosabatlarining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari, o'zaro manfaatli boshqa mavzularda birgalikda qator tadbirlarni tashkil etish, turli kitob va risolalarni chop etishni maqsad qilgan.