• Maxsus imkoniyatlar

    Ko'rinish:

    Shrift hajmi:

  • Mobil versiya
  • Sayt xaritasi
SHU YERDA QIDIRISH SO'ZINI YOZING

Yangiliklar

news

publications

11.03.2025

945

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat tashrifi bilan Fransiyaga boradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan 11-13-mart kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

Tashrif doirasida Parij shahrida oliy darajadagi muzokara va tadbirlar, Fransiyaning rasmiy va ishbilarmon doiralari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Bo‘lajak muloqotlar kun tartibidan ko‘p qirrali O‘zbekiston-Fransiya munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari o‘rin olgan.

Savdo-iqtisodiy va investitsiya-moliyaviy sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, Fransiyaning yetakchi kompaniya va korxonalari bilan kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga ustuvor e’tibor qaratiladi.

Sammit yakunida hukumatlararo va idoralararo bitimlar to‘plamini qabul qilish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, davlatimiz rahbari YUNESKO Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashib, tashkilot Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish va uni joriy yilning kuzida Samarqand shahrida o‘tkazishning amaliy jihatlarini muhokama qiladi.

Bo‘lajak tashrif arafasida ko‘plab tadbirlar o‘tkazilayotganini ta’kidlash joiz.

Xususan, 1-mart kuni Grets-Armenvil shahridagi "Uranoskop" observatoriyasi hududida buyuk alloma Abu Rayhon Beruniy siymosi aks etgan yodgorlik ochildi.

Shu kunlarda Parij shahrida sog‘liqni saqlash, fan va ta’lim, madaniyat, turizm va biznes sohalarida forum va anjumanlar o‘tkazilmoqda. Tuluza, Lion va Nitssada qo‘shma ishbilarmonlik tadbirlari bo‘lib o‘tadi.

news

publications

01.03.2025

1039

O'zbekiston Turkiya bilan diplomatik kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash sohasida hamkorlik qiladi

ANQARA, 1-mart. O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) huzuridagi Diplomatik akademiya direktori Abdusamat Xaydarov amaliy safar bilan Turkiyada bo'ldi.

 

Safar diplomatik kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishda Turkiya tomoni bilan hamkorlikni mustahkamlash istiqbollarini muhokama qilish maqsadida tashkil etildi.

 

Diplomatik akademiya direktori tashrif davomida Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Diplomatik akademiya rahbari Mesut O'zjan bilan muzokaralar o'tkazdi.

 

Unda JIDU huzuridagi Diplomatik akademiya faoliyati xususida ma'lumot berildi, diplomatik kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishda xalqaro aloqalarning muhimligi ta'kidlandi.

 

Mesut O'zjan Turkiya Diplomatik akademiyasi O'zbekiston tomoni bilan aloqalarni yanada kengaytirishga va qo'shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirdi.

 

Tomonlar ikki davlat Diplomatik akademiyalari tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlarga doir "yo'l xaritasi"ni ishlab chiqish va qabul qilishga kelishib oldilar.

 

O'zbekiston Diplomatik akademiya direktori, shuningdek, Turkiya Diplomatik akademiyasi o'qituvchilari, diplomatlar va tinglovchilar ishtirokida interaktiv muloqot o'tkazdi.

Ishtirokchilarga Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida amalga oshirilayotgan O'zbekiston tashqi siyosatining mazmun-mohiyati, xalqaro va mintaqaviy hamkorlikdagi ustuvor vazifalar hamda ijobiy natijalar haqida so'zlab berildi.

 

Bundan tashqari, direktor Abdusamat Xaydarov Turkiyaning yetakchi tahlil markazlari rahbarlari bilan muzokaralar o'tkazdi.

 

Muloqotlar davomida JIDU huzuridagi Diplomatik akademiya va Turkiya "aql markazlari" o'rtasida hamkorlikni yo'lga qo'yish, dolzarb mavzularda birgalikda tadqiqotlar o'tkazish, yosh tahlilchilar salohiyatini va malakasini oshirishga kelishib olindi.

news

publications

24.02.2025

1034

Ўзбекистон Президенти ва Кувайт Давлати Валиаҳди кенг қамровли шерикликни ривожлантириш режаларини муҳокама қилдилар

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 18 февраль куни Ал-Кувайт шаҳрига ташриф доирасида ушбу мамлакат Валиаҳди Шайх Сабоҳ ас-Сабоҳ билан учрашув ўтказди.

Ўзбекистон билан Кувайт ўртасидаги дўстлик ва кенг қамровли шериклик муносабатларини янада ривожлантириш ва мустаҳкамлаш масалалари кўриб чиқилди.

Суҳбат аввалида давлатимиз раҳбари Валиаҳдга самимий қабул ва алоҳида эътибор учун миннатдорлик билдирди.

Куни кеча бўлиб ўтган олий даражадаги тарихий музокаралар, ҳукумат аъзолари ва етакчи компаниялар билан сермаҳсул учрашувлар кўп қиррали Ўзбекистон-Кувайт муносабатларини кенгайтириш учун мустаҳкам асос бўлиши таъкидланди.

Олий ва юқори даражада яқин мулоқот ва алмашинувларни давом эттиришга келишиб олинди. Инвестицияларни жалб қилиш учун платформани тез фурсатда ишга тушириш, агросаноат мажмуи, транспорт ва логистика, соғлиқни сақлаш, таълим, фармацевтика, инфратузилма ва бошқа йўналишларда кооперация лойиҳаларини амалга оширишга келишиб олинди.

"Марказий Осиё - Кўрфаз араб давлатлари ҳамкорлик кенгаши" мулоқоти доирасидаги ташаббусларни ўзаро қўллаб-қувватлаш масалаларига алоҳида эътибор қаратилди.

Қабул қилинган барча қарор ва келишувлар ижроси устидан биргаликда назорат ўрнатиш масаласи келишиб олинди.

news

publications

30.01.2025

1056

O'zbekiston va Turkiya TIV rahbarlari Anqarada strategik hamkorlikni kengaytirish, savdo aylanmasini oshirish, xalqlar o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Anqaraga tashrifi doirasida kecha Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan janoblari bilan uchrashishdan doim mamnunmiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Delegatsiyamiz nomidan samimiy qabul uchun minnatdorlik bildiramiz va bugungi uch tomonlama uchrashuvning muvaffaqiyatli o'tgani bilan tabriklaymiz. O'zbekiston–Turkiya o'rtasidagi rishtalar umumiy tarix, ishonch va yorqin kelajakka intilish asosida qurilgan. Muhokamalarimiz strategik hamkorlik munosabatlarini kengaytirish, savdo aylanmasini oshirish, xalqlar o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratildi".

news

publications

30.01.2025

1149

“ЎЗБЕКИСТОН ДИПЛОМАТИЯСИ ТАРИХИ” китобининг тақдимоти бўлиб ўтди

Жорий йилнинг 30 январида Ўзбекистон Республикаси Ташқи ишлар вазирлиги Жаҳон иқтисодиёти ва дипломатия университетида  “ЎЗБЕКИСТОН ДИПЛОМАТИЯСИ ТАРИХИ” китобининг тақдимот маросими бўлиб ўтди. Гарчи китоб бундан бир неча йил аввал тайёр бўлган бўлса-да, унинг нашри кейинроқ амалга оширилиб, тақдимоти эса шу кунларда ўтказилди.

 

“Ўзбекистон тарихи” сериясининг VII жилдини ташкил қилган ушбу нашрда ўзбек дипломатиясининг қадимги замонлардан бошлаб бугунги кунгача – мустақил Ўзбекистон дипломатияси шаклланиши ва тараққий этишигача бўлган даврни тизимли равишда очиб беришга характ килинган.

 

Монографияни яратган муаллифлар жамоасининг асосий мақсади Ўзбекистон ҳудудидаги дипломатик анъаналар ва мактабларни улар амал қилган тарихий давр ва давлат тузилмаларидан қатъи назар тарихий ворисликда кўрсатишдан иборат бўлиб, улар бунга эришганлар. Ушбу рисоланинг яратилишида мамлакатимизнинг турли илмий муассасалари ва олий ўқув юртлари қатори Жаҳон иқтисодиёти ва дипломатия университети тарихчи олимлари ва мутахассислари, дипломатлари иштирок этдилар.

 

Тадбирда мамлакатимизда аккредитациядан ўтган  йигирмага яқин давлатлар элчилари, хорижий ваколатхоналар вакиллари, Ўзбекистон элчилари ва Ташқи ишлар вазирлиги фахрийлари, нашрни тайёрлашда фаол қатнашган муаллифлар, ҳамкор ташкилотлар намояндалари ва профессор-ўқитувчилари иштирок этди. Тақдимотда ЖИДУ ҳузуридаги Дипломатик академия ходимлари ҳам фаол иштирок этди.  

 

Тадбирни  Олий Мажлис Сенати раиси биричи ўринбосари, ЖИДУ ректори С.Сафоев очиб берди. Кейинги сўз китобнинг масъул муҳаррири Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Хавфсизлик кенгаши котибининг ташқи сиёсат ва хавфсизлик масалалари бўйича ўринбосари А.Х. Комиловга берилди.

 

Навбатдаги сўз монографияни тайёрлашда координаторлик қилган олим, ҳозирда МГИМОнинг Тошкентдаги филиали директори А.Абдувахитовга берилди.  

 

Шунингдек янги китобнинг аҳамияти ҳақида Ўзбекистон ФА вице-президенти, Абу Райхон Беруний номидаги Шарқшунослик институти директори Б.Абдухалимов, Қозоғистон Республикасининг Ўзбекистондаги Фавқулодда ва Мухтор элчиси Бейбут Атамкулов, Ўзбекистон Республикасининг Туркиядаги Фавқулодда ва Мухтор Элчиси А.Агзамходжаев ва бошқалар сўзга чиқдилар.

news

publications

29.01.2025

1208

Diplomatik akademiyada JIDU professor-o‘qituvchilari uchun malakasini oshirish kursi yakunlanganligi to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 23 iyuldagi 330-sonli “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tizimli isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 sentabrdagi 797-sonli “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq - JIDU huzuridagi Diplomatik akademiya tomonidan JIDU professor-o‘qituvchilari tarkibi uchun 2024 yil 25 dekabrdan 2025 yil 25 yanvargacha malaka oshirish kursi tashkil etildi.

 

Kurs to‘rt yo‘nalishni qamrab oldi: “Xalqaro munosabatlar”, “Siyosatshunoslik”, “Xalqaro huquq” va “Xalqaro iqtisod”. Ushbu malaka oshirish kursida JIDUdan 18 nafar professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar. Malaka oshirish kursida tinglovchilar siyosiy tahlil va bashorat, xalqaro grantlar bilan ishlash va innovatsion pedagogik texnologiyalarning nazariy asoslarini ozlashtirdilar.

 

Yuqoridagi kurs doirasida Hindistonning MERI Group Institutions xalqaro aloqalar markazi professori Ramakant Dvivedi va doktor Lav Agraval tomonidan “Oliy taʼlim va xalqaro munosabatlarda sunʼiy intellektni qoʻllash” mavzusida maʼruzalar oʻtkazildi. Shuningdek, JIDU o‘qituvchilari uchun Bangladeshning O‘zbekistondagi elchisi Mohammad Monirul Islom “O‘zbekiston-Bangladesh munosabatlarini rivojlantirish va mintaqalararo o‘zaro bog‘liqlik” mavzusida ma’ruza o‘qildi.

 

2025-yil 27 va 28-yanvar kunlari qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari bitiruvchilarining bitiruv malakaviy ishini himoya qilish hamda attestatsiyadan o‘tkazish bo‘lib o‘tdi. Talabalar kurslarning tashkil etilishi va mazmunini yuqori baholadilar va ularni barcha JIDU o‘qituvchilarini jalb etgan holda muntazam ravishda o‘tkazish muhimligini ta’kidladilar.

 

2025-yil 29-yanvar kuni malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga yuqoridagi kursni tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikatlar topshirildi.

news

publications

18.01.2025

1140

Дипломатик академиянинг навбатдаги илмий кенгаши

Жорий йилнинг 16 январ куни Жаҳон иқтисодиёти ва дипломатия университети ҳузуридаги Дипломатик академиянинг навбатдаги илмий кенгаши бўлиб ўтди. Илмий кенгашда Дипломатик академиянинг 2024 йил фаолияти бўйича ҳисоботи эшитилди. Илмий кенгаш аъзолари ўз фикр-мулоҳазаларини билдириб, Академия фаолиятини Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 23 январдаги “Жаҳон иқтисодиёти ва дипломатия университети фаолиятини тизимли ислоҳ қилиш чора-тадбирлари тўғрисидаги” PQ-330 қарорига кўра янада жадаллаштириш, жумладан, илмий-тадқиқот ва тахлилий ишларни тайёрлашда фаол эштирок этиш лозимлиги таъкидланди. Шунингдек, тадбирда Ш.Амированинг “Наследие как фактор “мягкой силы” Узбекистана” номли монографияси тақдимоти ўтказилиб уни нашрга тавсия қилинди, ҳамда   «Дипломатик изоҳли луғат»ни яратиш бўйича олиб борилаётган ишлар тўғрисида ҳисоботи эшитилди.