• Maxsus imkoniyatlar

    Ko'rinish:

    Shrift hajmi:

  • Mobil versiya
  • Sayt xaritasi
SHU YERDA QIDIRISH SO'ZINI YOZING

Yangiliklar

news

publications

11.10.2024

17110

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti MDH sammitida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-oktabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.

 

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin raisligida o‘tgan sammitda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, shuningdek, MDH bosh kotibi Sergey Lebedev qatnashdi.

 

Kun tartibiga muvofiq, ko‘p qirrali munosabatlarning holati va rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi, MDH doirasidagi amaliy hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

 

Davlatimiz rahbari o‘z nutqida Rossiyaning Hamdo‘stlikda raisligi davrida ko‘p tomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi.

 

MDH mamlakatlarining xavfsizligi va barqaror rivojlanishini ta’minlash bilan bog‘liq vaziyatga alohida e’tibor qaratildi.

 

MDH mamlakatlari maxsus xizmatlari va vakolatli idoralarining tizimli hamkorligini yo‘lga qo‘yish, bugungi tahdidlarga qarshi kurashish usullarini takomillashtirish, kiberxavfsizlikni ta’minlash sohasida kelishilgan choralar hamda dasturiy hujjatlarni qabul qilish muhimligi ta’kidlandi.

 

Hamkorlikning iqtisodiy yo‘nalishidagi birgalikdagi faoliyatni kuchaytirish ustuvor vazifa ekani qayd etildi.

 

O‘zbekistonning MDH mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi yil boshidan buyon 16 foizga oshgan. Muvaffaqiyatli sanoat kooperatsiyasiga ko‘plab misollar mavjud.

 

MDH tarmoq kengashlari va qo‘mitalari faoliyatini faollashtirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

 

Kelgusi yil bahorida Toshkent shahrida "Innoprom" xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida MDH Iqtisodiy kengashi yig‘ilishi va Innovatsion rivojlanish forumini o‘tkazish taklif etildi.

 

Yaqinda bo‘lib o‘tgan MDH mamlakatlari yetakchi tahliliy markazlarining Toshkent konferensiyasi natijalarini hisobga olgan holda, uzoq muddatli sheriklikning yangi ustuvor yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlash muhimligi ta’kidlandi.

 

Xususan, internet texnologiyalari va "katta ma’lumotlar" industriyasini rivojlantirish, raqamli yechimlarni jadal joriy etish, kreativ iqtisodiyot, yashil energetika va yadro texnologiyalari, iqlim muammolari va boshqalar shular jumlasidan.

 

Shu munosabat bilan MDH mamlakatlari ekspertlari va tahlilchilarining uchrashuvlarini muntazam o‘tkazish hamda navbatdagi konferensiyani Samarqand shahrida sun’iy intellektni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazish taklif etildi.

 

Gumanitar almashinuvlarni kengaytirish maqsadida Hamdo‘stlik davlatlari madaniyati kunlarini o‘tkazish taklif qilindi. Shu bilan birga, sog‘liqni saqlash, ta’lim, san’at, kino, turizm va sport sohalarida qo‘shma tadbirlar dasturini har yili tayyorlash zarurligi ta’kidlandi.

 

Samarqand va Toshkentni tegishlicha Hamdo‘stlikning madaniy poytaxti va yoshlar poytaxti deb e’lon qilinishi doirasidagi loyihalar amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda shaxmat va futbol bo‘yicha yoshlar jamoalari o‘rtasida MDH ochiq kubogi musobaqalari o‘tkaziladi. Yakunda O‘zbekiston Prezidenti Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonni 2025-yilda tashkilotga raislikni qabul qilgani bilan tabrikladi. Sammit yakunida MDH doirasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha bir qator bitim va qarorlar qabul qilindi.

news

publications

18.09.2024

3670

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Markaziy Osiyo va Germaniya o‘rtasidagi amaliy sheriklikni rivojlantirish muhimligini ta’kidladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2024 yil 17-sentabr kuni Ostona shahrida ikkinchi "Markaziy Osiyo - Germaniya" sammitida ishtirok etdi.

 

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev raisligida o‘tgan tadbirda Germaniya Federal Kansleri Olaf Shols, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnashdi.

 

Markaziy Osiyo mamlakatlari va Germaniya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi. Investitsiya va texnologiyalar, o‘ta muhim xomashyo resurslari, "yashil" energetika, transport va logistika aloqalari, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish sohalarida sheriklikni rivojlantirish, shuningdek, ta’lim va madaniy dasturlarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 

O‘zbekiston Prezidenti o‘z nutqida Germaniya Markaziy Osiyo mamlakatlarida olib borilayotgan demokratik o‘zgarishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, mintaqadagi hamkorlik va integratsiyani qat’iy hamda o‘zgarmas qo‘llab-quvvatlayotganini yuqori baholadi.

 

Shuningdek, Germaniya bilan terrorizm, ekstremizm va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish, yoshlar radikallashuvining oldini olish masalalarida yaqin hamkorlikni davom ettirish zarurligi qayd etildi.

news

publications

10.09.2024

3791

Дипламатик академия магистрантлари учун Ўзбекистон мустақиллигининг 33 йиллиги бағишлаб маънавият-маърифат дарси ўтказилди

2024 йил 8 сентябрь куни Жаҳон иқтисодиёти ва дипломатияси ҳузуридаги Дипломатик академия магистрантларининг 2024-2025 ўқув йили Ўзбекистон мустақиллигининг 33 йиллигига бағишланган “Биз бир бўлсак – ягона халқмиз, бирлашсак – Ватанмиз!” шиори остидаги маънавият-маърифат дарси ўтказилиши билан бошланди.

 

Дарс дамомида Ўзбекистоннинг мустақиллик, айниқса, охирги йиллардаги жадал ривожланиши тарихига оид маълумотлар берилди. Шу жумладан, халқимизнинг эрки, озодлиги, миллатимизнинг фаровонлиги орзусида курашган аждодларимиз жасорати ҳақида гапирилди. Ҳозирги истиқлолга, тараққиётга ўз-ўзидан эришилмагани, ушбу йўналишда, айниқса 2016 йилдан кейин Президент Ш.М.Мирзиёев бошчилигида мамлакатимиз тараққиётнинг янги босқичига қадам қўйиб, барча соҳа ва тармоқларда туб ислоҳотлар амалга оширилаётганлиги, демократик янгиланиш жараёнлари кечаётганлигига урғу берилди. 

 

Ўтган давр эркин ва фаровон ҳаётни, буюк келажакни фақат ва фақат мустақиллик асосидагина қуриш мумкинлиги таъкидланди. Миллат ифтихори бўлган бобокалонларимизнинг Ватан тинчлиги ва озодлиги йўлидаги кураши ҳақида тўхталиб ўтилди.

 

Тарихий адолат, ҳақиқатнинг тикланиши туфайли миллий истиқлолимиз йўлида жонини фидо қилган қатағон қурбонлари, тараққийпарвар жадидлар номлари тикланганлиги мустақил Янги Ўзбекистоннинг тараққиёти пойдевори асоси бўлиши таъкидланди.

 

Академия магистрантларининг Ўзбекистон дипломатияси ривожланиш жараёнларига боғлиқ саволларига жавоб берилди. Шунингдек, мамлакатимиз сиёсий, иқтисодий ва ижтимоий ривожланиш кўсаткичларига оид тегишли слайдлар намойиш этилди.

hk lotto 4dsitus totodepo 5krupiahbetrupiahbetlink gacorrupiahbetrupiahbetrupiahbetapk slotraja slotsitus slotapk slotsitus slotslot hokislot gacorrupiahbetrupiahbetrupiahbetrajaslottoto hkrupiahbetraja slotslot gacorpinangtotoslot gacortoto togelslot hokislot gacorslot gacorrupiahbetrupiahbetrupiahbethttps://hint.ascit.sa/abouthoki 138rejekibetslot777hajitotorupiahbetladangtotorupiahbetsitus gacortoto hkrupiahbetsitus slotslot gacorberlin totoyantotogellink gacorsumseltotosumseltotosumseltotosumseltotosumseltotorupiahbetsumseltotohajitotorupiahbetslot gacorslot777rejekibetladangtotorupiahbetsitus gacorapk gacorsitus totohajitotoemototohttps://www.eguvennet.com/egitimlerrupiahbetrupiahbetslot gacorrupiah betrupiahbetrupiahbetrupiah betrupiahbetslot depo 5ktoto hkratu89ratu89rupiahbetrupiahbetslot gacorrupiahbethajitotoemototoemototohajitotohajitotorupiahbetrupiahbetrupiah betrupiahbetslot hokirupiahbetrupiahbetsitus hkrupiahbethajitotorupiahbetslot hokirupiahbethttps://shivaay.clinic/our-blog/ladangtotoslot gacorpinangtotoemototohttps://danangevents.com.vn/rupiahbetrupiah betpinangtotohajtotosumseltotosumseltotorupiahbetrupiah bethttps://zoomagia.ru/contactsrupiahbetrupiah betrupiahbetemototohttps://start-tech.ae/rupiahbethajitotorupiahbetrupiah betrupiah betemototohajitotohajitotorupiah betrupiahbetrupiah betrupiahbetrupiahbetslot onlinehajitotorupiah betrupiahbetemototohttps://rcekm.ihrd.ac.in/rupiahbetrupiah betrupiahbetberlintotoemototohajitotoemototoberlintotohajitotoberlin totoslotslotraja slotdepo 5ksitus totoslot mahjongemototowatitotoslot gacorslot hokislot gacoremototorupiahbetrupiah betrupiahbetemototototo 5dslot 5kslot gacorberlintotoberlintotodepo 5krupiahbetrejekibetladangtotorupiahbetpinangtotositus tototogelpinangtotopinangtotopinangtotopinangtotohttps://vikasglobalschool.com/https://vikasglobalschool.com/situs togelhajitotohajitotositus gacorrupiahbetrupiah bethttps://www.mcgopichand.org/galleryhttps://nds.id/regex-youtube-mikrotik/rupiahbetrupiah betcasino onlinehttps://lvdiez.com.ar/https://www.hybridmlm.io/https://www.hybridmlm.io/blog/https://www.hybridmlm.io/contact-us/https://jpmgroup.co.in/jns-instruments-ltdsitus togelsitus tototogel onlinehk lottoslot gacortoto slotslot hokisitus totosumseltotositus totototototo togelemototoslot gacorsitus slotrupiahbettoto hokiladangtotositus totositus slotslot gacorberlin totoberlin totoberlin totoberlin totoberlin totoberlin totosomatotosomatotosomatotoberlintotoberlintotoberlintotolucu betlucu betlucu betlucu betlucu betlucu betlucu betlucubetlucubet